🏛FARDUDA ZAMONAVIY ARM BINOSI QAD ROSTLAMOQDA
🔷Farg‘ona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadovning talaba-yoshlar bilan o‘tkazilgan "Rektor va yoshlar" uchrashuvida eng ko‘p bildirilgan taklif va murojaatlardan biri — barcha zamonaviy sharoitlarga ega axborot-resurs markazi (kutubxona) binosini barpo etish masalasi edi.
Ushbu samimiy muloqot va belgilangan aniq chora-tadbirlar amaliy natijasini berdi: universitet hududida qad rostlayotgan 4 qavatli muhtasham Axborot-resurs markazi binosida bugungi kunda qurilish-ta'mirlash ishlari yakuniy bosqichga yetib bormoqda.
Bugun universitet rektori qurilish maydoniga tashrif buyurib, olib borilayotgan bunyodkorlik jarayonlarini ko‘zdan kechirdi. Tanishuv davomida binoni zamonaviy axborot texnologiyalari bilan jihozlash, talabalar uchun shinam mutolaa zallari hamda erkin muloqot hududlarini (co-working) samarali tashkil etish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
🏛 Tez orada talabalarimiz foydalanishiga topshiriladigan ushbu zamonaviy maskan ilm-fan va mutolaa koshonasiga aylanadi!
✅FarDU rasmiy sahifalari
👍Telegram | 📷Instagram |📹YouTube | 📒Facebook |🐦Twitter | 🔷Website





