Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti “AIFU Pitch Day 3.0” respublika innovatsion tanlovini o‘tkazmoqda
🚀 Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasi doirasida Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti hakaton formatidagi “AIFU Pitch Day” tanlovini tashkil etdi.
Tanlovda 16-40 yoshdagi dasturchilar, dizaynerlar, startap jamoalari, shuningdek, akademik litsey, texnikum va oliy ta’lim muassasalari talabalari sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar sohasidagi loyihalarini investorlar va soha ekspertlari oldida himoya qiladi.
✅ Ishtirokchilar uchun:
- 100 000 AQSh dollarigacha investitsiya jalb qilish imkoniyati;
- 15 mln so‘mlik sovrin jamg‘armasi;
- universitetda o‘qish uchun ta’lim grantlari;
- har bir ishtirokchiga sertifikat.
Tanlovni baholashda Alibaba.com, IT Park, INNO Technopark, TOP CEO, Mentalaba.uz, “Raqamli san’at” ijodiy birlashmasi hamda Turkiya va Xitoy oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etadi.
Ro‘yxatdan o‘tish - 11-oktabr, soat 23:59 gacha
Final - 18-oktabr, Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti, Toshkent
👉 Ariza topshirish: @PitchDayAIFU_bot
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Post #25656
481
Forwarded from Edu.uz
