🥹 Endi esa keling sizga nima uchun kursim narxini bunchalar arzon qilib qo’yganimni tarixini aytib beraman.O'qish vaqti: 2 minut-u 28 sekundDasturlashga asosiy qiziqishim 7-sinfligimdan boshlangandi. PASKAL tili hamda HTML ni ustozsiz oz-moz o'rganib olimpiadalarda qatnashardim.
Jiddiy niyat bilan esa 2019-yilda dasturlash olamiga kirganimda TATUda soddagina 1-kurs talaba edim.
O'sha paytlar Toshkentda kurslar narxi qimmat, yaxshi dars o’tadigan Ustozlar kam edi. Daromad topadigan joyim yo’q, faqat stipendiyaga qarab qolgan bir oddiygina talaba edim.
Har yakshanbada mardikor bozorga chiqardim. Ba’zi bir o’quvchilarga esa uylariga borib matematikadan dars o’tib pul topardim.
Ammo bunday yuraverish kelajagimni o’ldirishini, qalbimdagi dasturchi bo’lish orzusini sindirishini bilardim.
Uydegilarimdan pul so’rashga esa uyalardim. Tumanimizda kurs narxlari oyiga 100.000 so’m edi. Toshkentda esa dasturlash kurslari kamida 500.000 so’m.
Agar bu haqida uydagilarimga aytsam aniq rozi bo’lishmasdi. Chunki o’zi juda qiynalgan oila edik.
Arang ayamga aytib dadamni ko’ndirib xarajatlarim uchun plastigimga 300.000 so’m pul tashlatib oldim. O’zim esa arang-arang orttirib-orttirib dasturlash kurslariga qatnashishni boshladim.
Ana o'sha paytda man agar dasturlashni yaxshilab o'rgata oladigan darajada o'rgansam kurs narxini juda arzon qilib qo'yaman degan maqsadni o'z oldimga qo'ygan edim.Kursga qatnasharkanman hozir eslasam o’sha o’tilgan narsalar kapeyka ekanini, shuncha to'lab sifatsiz kursga qatnashganimni afsus bilan yodga olaman.
O’sha paytlarda HTML, CSS, Javascriptni tugatib ham hech nima qila olmasdim. Kurs oxiriga yetmadi sababi karantin bo’lib qoldi. Keyin esa qishloqqa qaytdim. Qishloqda o’sha paytlar ish sezoon, o’qishga esa vaqt yo’q. Onda-sonda u-bu narsalarni takrorlab qo’yardim unutmaslik uchun.
2020-yil avgust oyida shunaqa yuraversam orqaga ketaverishimni tushundim va ilm olishga jiddi-jahd qilib uydegilar bilan tortishib bo’lsada yana Toshkentga qaytdim. Rizq borasida esa Allohga tavakkal qildim.
Ana o'sha qilgan jiddi-jahdim meni yaxshi-yaxshi dasturchi sheriklar va ustozlar bilan yanada bilmimni mustahkamlashimga sabab bo'ldi. Ba'zi kompaniyalarda amaliyot o'tadim.
Shuningdek, orada Nozimjon ustozimning 1 oylik REACTJS kursida o'qib ham oldim chunki baribir ustoz kerakligini tushunib yetgandim. O'zimga qilgan eng katta investitsiyalarimdan biri deb shuni bilaman.
Va 2021-yildan 1-bo'lib 200$ daromadimni topdim va bu daromad oshib-oshib borib 2000$ gacha ko'tarildi.
Matematika bo'yicha pedagoglik qobiliyatim dasturchilikda ham o'z omadimni sinab ko'rishimga undadi. Asta-sekin 2021-yil o'rtalaridan mentorlikni ham boshladim. Chunki ungacha anchagina tajribaga ega bo'lib qolgandim.
To'g'ri, boshida kamchiliklar bo'lgandi, ammo o'sha paytda qo'limda o'qigan o'quvchilarim ichida hozirda middle darajasida ishlaydiganlari ham bor.
Hozir shukrki, kuchli va mukammal o'quv rejam asosida ko'pchilik o'quvchilarga dasturlashni o'rgatib, ularning mahalliy va xalqaro kompaniyalarda ishlashlariga yordam berib kelyapman.Shunaqa gaplar !!! Endi esa yuqoridagi hikoyam sizning ham hayotingizga 1% bo'lsa-da ta'sir etishini xohlasangiz quyidagi savollarni o'zingizga berib ko'ring 👇
1. Men qachon dasturlashni o'rganishlikka, ilm olishlikka jiddi-jahd qilaman ?
2. Ustozsiz natijaga erishish juda qiyin ekanligini qachon tushunib yetaman ?
3. Bir narsadan kechmasdan bir narsaga erishib bo'lmasligini qachon anglayman, qachon o'zimga investitsiya qilaman ?
Hurmat bilan AbdulazizProgrammer
@abdulazizprogrammer