#AI #claude #frontend
Claude Fable 5dan maksimal natija olish.
Xabaringiz bo'lsa kerak 1-2 kun avval Claude o'zining eng kuchli modeli Claude Mythos 5 dan bir qismini alohida model Claude Fabel 5 nomi bilan ommaga ochdi.
Fable 5 dan eng yaxshi holatda foydalanish uchun qo'llanma ham taqdim etildi. Unga ko'ra promptni qisqa qilib, sababini aytish yetarli deyilgan.
Eng muhim 3 ta holat:
1. Buyruq emas sababini tushuntirib berish. Model niyyat/maqsadingizni tushunsa, vazifani to'g'ri ma'lumotlarga bog'laydi.
2. Qisqa yozish. Instruction-following kuchli — bitta aniq jumla yetadi.
3. Effort'ni to'g'ri tanlash. Oddiy ish uchun medium, jiddiy ish uchun high, eng murakkabi uchun xhigh.
Agar model ortiqcha tozalash/refactoring qilib yuborsa, faqat shu jumlani qo'shing:
"Faqat shu masalani hal qil, boshqa kodni tozalama yoki yangi feature qo'shma."
Xulosa qiladigan bo'lsak, eng yaxshi natija olmoqchimisiz? Fable 5 ni hal qilinmagan eng qiyin masalangizga qo'llang.
Rasmlarda Fable 5 ko'rsatkichlari keltirilgan.
@frontend



