TGViewer
Frontend Frontend @frontend · 3.37K subscribers
Post #1743 2.54K
Frontend Hormang hamkasblar! Sayohat, hiking kabi yurakni o'ynatadigan yo'nalishlarga qiziqadigan va tez-tez sayohatlar qilib turadigan dev'lar bormi oramizda? 🤔
Biroz sohadan tashqari bo'lgan ma'lumotlar bilan bo'lishmoqchiman.

Agar siz ijtimoiy muloqotda faol, sport bilan munzatam shug'ullanuvchi, uxlash qoidalariga qat'iy amal qiluvchi, meditatsiya(yolg'iz qolish) qilib turadigan odam bo'lsangiz bu post siz uchun emas!

Biz "Aytishnik"lar kunimizning asosiy qismini kompyuter oldida o'tkazamiz. Jismoniy harakatsizlik va virtual hayot bir qancha kasalliklar bilan birga miyamiz toliqishiga, diqqatimiz pasayishiga olib keladi. Juda ko'pchiligimizda uxlash bilan bog'liq muammolar(rejim buzilishi, kam uyqu) bor. Nyu-York universiteti nevrologi Vendi Suzuki bilan bo'lib o'tgan suhbat videosidan olgan xulosalarim bilan bo'lishmoqchiman. Quyida aytib o'tadiganlarimni juda yaxshi bilib amal qilmaymiz, bu esa haqiqatdan ularni anglab yetmasligimizdandir.

Suhbatda miyamizni sog'lom saqlash va diqqatni jamlash bo'yicha muhim ilmiy faktlar aytildi. Miyamiz doim tiniq ishlashi uchun bizga quyidagilar kerak:

🏋️‍♂️ 1. Muntazam jismoniy faollik (Aerobik mashqlar) Doimiy o'tirib ishlash miya faoliyatini sekinlashtiradi. Haftada 2-3 marta yurak urishini tezlashtiruvchi aerobik mashqlar (yurish/yugurish, velosiped haydash) miyamizga o'sish gormonlarini olib keladi va xotira qismini kattalashtiradi. "To'kilgan har bir ter tomchisi miyamiz uchun foyda keltiradi va kayfiyatni ko'taradi". Timecode

🧘 2. Ekransiz vaqt va meditatsiya (Yolg'iz qolish) Kuniga qanchadir vaqtni telefonsiz o'tkazing, chunki ijtimoiy tarmoqlarga qaramlik bizning rivojlanish salohiyatimizni cheklaydi va tashvishlanish darajasini oshiradi. Chuqur nafas olib meditatsiya qilish yoki o'z xayollaringiz bilan yolg'iz qolish tasavvur va ijodkorlikni sezilarli darajada oshirar ekan. Bilamizki bizda eng yaxshi meditatsiya bu ibodat qilish. Timecode

☕️ 3. Jonli ijtimoiy muloqot (Yangi tanishlar va sayohatlar) Yaqinlarimiz yoki boshqalar bilan yuzma-yuz muloqot qilish, yangi tanishlar orttirish stressni kamaytiruvchi, baxt va uzoq umr ko'rishning asosiy omillari ekan. Timecode

😴 4. Yetarli va sifatli uyqu Pala-partish uxlash odatimiz bu o'zimiz o'zimiz uchun qilayotgan katta yomonliklarimizdan ekan. Uyqu vaqtida miya suyuqligi kun davomida to'plangan "chiqindilar" (toksinlar)ni yuvib chiqaradi, yetarli uxlamaslik esa miyada shu chiqindilar yig'ilib qolib, xiralikni keltirib chiqararkan. Timecode

O'zim ham baglarimni tuzatib, yuqoridagilarga amal qilish harakatidaman. Ko'pchilik men kabilar borligi va ularga ham qiziq bo'lsa kerak deb ulashdim. Kuzatishlarimdan kelib chiqib aytadigan bo'lsam yuqoridagilarni ko'pchiligini sayohat(hiking)lar bilan sekin-sekin shakillantirib borsa bo'ladi. Yangi tanishlar orttirasiz, faol jismoniy harakatda bo'lasiz bu esa miyya va yurak uchun juda foydali. Cho'qqilarga ko'tarilish/tushish vaqtida o'zingiz bilan gaplashishga, hayotingizni sarhisob qilishga imkoningiz bo'ladi. Bonusiga eng go'zal joylarni ko'rib, rasm/videolar yig'ib kelasiz.

Qanday? qayerga? kim bilan? kabi savollar paydo bo'lsa sizlarga Sayoq clubimiz(@sayoq_club)ni tavsiya qilaman. Barchasini do'stona tashkillashtirib berishadi, sizdan sayohatlarga yozilishga ulgurib qolishingiz va borib kelish qoladi xolos. Narx masalasida tur firmalar kabi gid xizmati yoki yana nimadirlar uchun 1 so'm ham olinmaydi. Faqatgina yo'l haqingizni to'laysiz tamam.

Sayohatga chiqib, dev-lashishga nima yetsin)

Rahmat, hammaga omad!
  • 🔥 11
More from @frontend
  1. Aug 23, 2026Ilovangizdagi AI funksiyasi uchun WebGPU asosidagi Liquid Orb Editor – suyuq shisha/metall…
  2. Aug 14, 2026#AI #gemini #frontend Aytgancha Gemini 3.7 Flash modeli yuqori tezlikda va 3.6 Flashning y…
  3. Jul 25, 2026Ertalabdan Opus 5 ni sinab ko'rayotgan men)
  4. Jul 25, 2026#claude #AI Claude Opus 5 modelini chiqardi. Yangi model Fable 5 darajasida aqilli, lekin…
  5. Jul 17, 2026#Claude #gift Agar kimdur Claude'ni pullik obunalarini hali hech qachon sotib olmagan bo'l…
  6. Jul 16, 2026Post #1764
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →