TGViewer
Frontend Frontend @frontend · 3.37K subscribers
Post #1704 2.76K
#AI #engineering #frontend


Eng yaxshi dasturlar faqat yaxshi kod yozish va tezlik bilan emas, balki mayda detallarga bo'lgan e'tibor va insoniy tajriba bilan yaratiladi.

SI'lardan foydalanishda dasturchilar asosan ikki guruhga bo'lingan:

1. "Bootstrappers" (Noldan MVP'gacha): yangi loyihalarni bir necha soat ichida prototip holatiga keltirish

2. "Iterators" (Kundalik ish): kodni to'ldirish, refaktoring qilish va testlar yozish

SI tezligining yashirin narxi
Tajribali dasturchilar SI bergan kodni shunchaki ishlatib ketaverishmaydi. Ular kodni kichik modullarga bo'lishadi, edge cases qo'shishadi va arxitektura qismlarini o'zlari ko'rib, tekshirib chiqishadi. Junior dasturchilar SI bergan natijani tekshirmasdan ishlatib ketishga moyilroq.

Bilim paradoksi (The Knowledge Paradox)
SI tajribali dasturchilarga yangi o'rganuvchilarga qaraganda ko'proq foyda beradi.
Tajribalilar o'zlari bilgan narsalarni tezlashtirish uchun SI'dan foydalanishsa, juniorlar nima qilish kerakligini o'rganish uchun foydalanishadi. Natijada, juniorlar SI bergan noto'g'ri yoki eskirgan yechimlarni qabul qilib, xavfsizlik va performance tomonlama xatoliklarni bilmay qolishlari mumkin.

Fikrlar, Google Cloud AI direktori Addy Osmani'ning "The 70% problem: Hard truths about AI-assisted coding" maqolasidan.

@frontend
  • 🔥 9
  • 👍 6
More from @frontend
  1. Sep 24, 2026#Claude Yaqinda chiqgan Claude'ning Opus 5.5 modeli brauzerning ishlash jarayonini 40 soni…
  2. Aug 23, 2026Ilovangizdagi AI funksiyasi uchun WebGPU asosidagi Liquid Orb Editor – suyuq shisha/metall…
  3. Aug 14, 2026#AI #gemini #frontend Aytgancha Gemini 3.7 Flash modeli yuqori tezlikda va 3.6 Flashning y…
  4. Jul 25, 2026Ertalabdan Opus 5 ni sinab ko'rayotgan men)
  5. Jul 25, 2026#claude #AI Claude Opus 5 modelini chiqardi. Yangi model Fable 5 darajasida aqilli, lekin…
  6. Jul 17, 2026#Claude #gift Agar kimdur Claude'ni pullik obunalarini hali hech qachon sotib olmagan bo'l…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →