TGViewer
Frontend Frontend @frontend · 3.37K subscribers
Post #1532 3.21K
#htmx #frontend


HTMX: Frontend framework’larga alternativ

HTMX — bu HTML uchun kutubxona bo'lib, u veb-ilovalar uchun interaktiv va dinamik imkoniyatlar qo'shishga yordam beradi.

HTMX yordamida JavaScript kodini minimal darajada ishlatib, "SPA" (Single Page Application) uslubidagi ilovalarni yaratish mumkin. HTMX sizga HTML atributlari orqali server bilan bog'lanishni, AJAX so'rovlarini, WebSocket-larni va boshqalarni amalga oshirish imkonini beradi.

HTMX’ning asosiy imkoniyatlari:

🟡 AJAX so‘rovlari: HTML elementlariga maxsus atributlar yordamida serverga ma’lumot jo‘natish va natijani qaytarish.

🟡 Partial Update: Butun sahifani yangilamasdan faqat sahifaning ma'lum bir qismini yangilash.

🟡 WebSocket qo‘llab-quvvatlashi: Veb-sahifani real vaqtda yangilash imkoniyati.

🟡 Server tomonidan boshqarish: Ma'lumotni qabul qilgan server tomonidan tegishli javobni HTML shaklida qaytarish.

HTMX’ning aktualligi (dolzarbligi)

1. Monolit arxitekturaga qaytish tendensiyasi: Ko‘p yirik loyihalar va kichik startaplar "monolit+" arxitekturaga qaytmoqda, ya'ni front-end va back-end bir-biriga yaqinroq bo‘lgan arxitektura.

2. HTMX — "Server Side Rendering" (SSR) va AJAX integratsiyasini sodda qilib beradi

3. Yangi backend framework’lari bilan yaxshi moslashishi: HTMX Django, Flask, Spring Boot, Laravel kabi backend framework'lari , Node.js, FastAPI texnologiyalar bilan oson integratsiya bo‘ladi.

Misol:

<div id="natija"></div>


Foydali manbalar:
docs / video / HTMX for Beginners

@frontend | Happy Coding
  • 👍 13
  • 🔥 6
More from @frontend
  1. Sep 24, 2026#Claude Yaqinda chiqgan Claude'ning Opus 5.5 modeli brauzerning ishlash jarayonini 40 soni…
  2. Aug 23, 2026Ilovangizdagi AI funksiyasi uchun WebGPU asosidagi Liquid Orb Editor – suyuq shisha/metall…
  3. Aug 14, 2026#AI #gemini #frontend Aytgancha Gemini 3.7 Flash modeli yuqori tezlikda va 3.6 Flashning y…
  4. Jul 25, 2026Ertalabdan Opus 5 ni sinab ko'rayotgan men)
  5. Jul 25, 2026#claude #AI Claude Opus 5 modelini chiqardi. Yangi model Fable 5 darajasida aqilli, lekin…
  6. Jul 17, 2026#Claude #gift Agar kimdur Claude'ni pullik obunalarini hali hech qachon sotib olmagan bo'l…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →