TGViewer
Frontend Frontend @frontend · 3.37K subscribers
Post #1433 4.24K
#intervyuSavol #frontend


🎙 Kecha bir intervyu bo'ldi, unda ko'pchiligimiz eshitgan, lekin uncha aniq farqiga bormay ikkita terminni ham bir narsa deb o'ylaydigan savol bo'ldi, shuni sizlar bilan ulashmoqchiman.

Savol: "Responsive" va "adaptive" verstka tushunchalari bor, ular orasidagi asosiy farqni tushuntirib bering.

Javob: responsive verstka har qanday o'lchamdagi ekranlarga moslashuvchan bo'lib, ekran o'lchamlarining uzluksiz diapazonini qamrab oladi, adaptive verstka esa ma'lum ekran o'lchamlari uchun maxsus dizaynlarni taqdim etadi.

Batafsil:
1. Responsive Verstka:
— Bu turdagi verstka barcha ekran o'lchamlariga moslashadi. CSS media queries yordamida turli ekran o'lchamlari uchun moslashuvchan layoutlar yaratiladi.
— Masalan, biror elementning kengligi ekran o'lchamiga ko'ra foizda belgilanishi mumkin, shunda u har qanday ekran kengligida to'g'ri ko'rinishda bo'ladi.

2. Adaptive Verstka:
— Bu turdagi verstka ma'lum ekran o'lchamlari uchun maxsus dizaynlarni ishlatadi. Bu yerda ham media queries ishlatiladi, lekin har bir ekran o'lchami uchun alohida layoutlar tayyorlanadi.
— Masalan, 768px, 1024px va 1440px kabi aniq o'lchamlar uchun alohida dizaynlar tayyorlanishi mumkin, va bu o'lchamlarga mos keladigan qurilmalar uchun alohida ko'rinishlar yaratiladi.

@frontend | Happy Coding
  • 👍 10
  • 🔥 10
More from @frontend
  1. Sep 24, 2026#Claude Yaqinda chiqgan Claude'ning Opus 5.5 modeli brauzerning ishlash jarayonini 40 soni…
  2. Aug 23, 2026Ilovangizdagi AI funksiyasi uchun WebGPU asosidagi Liquid Orb Editor – suyuq shisha/metall…
  3. Aug 14, 2026#AI #gemini #frontend Aytgancha Gemini 3.7 Flash modeli yuqori tezlikda va 3.6 Flashning y…
  4. Jul 25, 2026Ertalabdan Opus 5 ni sinab ko'rayotgan men)
  5. Jul 25, 2026#claude #AI Claude Opus 5 modelini chiqardi. Yangi model Fable 5 darajasida aqilli, lekin…
  6. Jul 17, 2026#Claude #gift Agar kimdur Claude'ni pullik obunalarini hali hech qachon sotib olmagan bo'l…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →