Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqot yakunlari bo‘yicha imzolagan farmonida startap ekotizimiga oid bir qator yangi choralar belgilandi.
2027–2030-yillarda “Kelajak tadbirkori” dasturi doirasida:
🟡8 ta ustuvor yo‘nalishda 30 tagacha startap tanlab olinadi;
🟡har bir loyihaga 5 mlrd so‘mgacha investitsiya SAFE yoki konvertatsiyalanadigan qarz shaklida kiritiladi;
🟡loyihalar uchun “tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi joriy etiladi.
Dastur uchun 2027-yilda dastlabki 150 mlrd so‘m ajratilishi rejalashtirilgan.
Business Angel’lar uchun soliq imtiyozi:
🟡startaplarga sarmoya kiritgan jismoniy shaxslar “Startap investori” (Business Angel) maqomini olishi mumkin;
🟡investor startapdagi ulushini kamida 3 yil saqlab, keyin sotsa, ushbu daromad daromad solig‘idan ozod etiladi.
👉 Dastur bilan batafsil tanishing
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
