#Payshanba_yoshlar_kuni
🌱 “Eco coworking space” — yoshlar uchun yangi imkoniyatlar maskani
Bugun “Payshanba – yoshlar kuni” munosabati bilan Urganch davlat universitetining Talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantirish maqsadida barpo etilgan 100 o’ringa mo’ljallangan “Eco coworking space” — Ekologik kovorking shiyponchasi foydalanishga topshirildi.
Mazkur maskan ATB “Kapitalbank” homiyligida tashkil etilib, yoshlarning mustaqil ta’lim olishi, kitob mutolaasi, o‘zaro fikr almashishi va yangi g‘oyalar ustida ishlashi uchun qulay muhit yaratadi.
Ochilish marosimida Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova hamda ATB “Kapitalbank” direktor o'rinbosari Azizbek Sharipov ishtirok etdi. Tadbir davomida yangi maskanning ramziy tasmasi kesildi.
Shuningdek, mazkur shiyponchada universitet rektorining talabalar bilan muloqoti tashkil etilib, yoshlarning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari tinglandi. ATB “Kapitalbank” tomonidan esdalik sovg'alari topshirildi.
©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Post #12935
481









