Portfolio Leaders loyihasi uchun logo tayyorladim.
Professional dizaynerlar ishini qadrlayman va ularning natijasi sun'iy intellekt bilan tayyorlangan mahsulotdan sifat jihatdan farq qilishini tan olaman. Lekin endigina ishga tushgan loyiha uchun dizaynerga pul sarflab logo yoki brand-book yaratish moliyaviy yukka aylanishi mumkin.
Shu sabab men ham yangi boshlagan Portfolio Leaders loyiham uchun logoni o'zim yaratdim. Gemini yordamida logo g'oyasini ishlab chiqdim va unga mos PNG formatdagi logoni generatsiya qildim. Keyin remove.bg orqali oq fon qo'shdim, iLoveIMG.com orqali esa rasmni yuqori aniqlikka keltirdim.
Va bularning barchasi — yarim soat ichida, BEPUL.
Natijada chiroyli va professional ko'rinishdagi logoga ega bo'ldim. 🎯
Barchaga manfaat istab
@firdavsuniverse
Post #152
329

- ❤ 6
- 👍 3
- ❤🔥 1