TGViewer
Azimjon's Fikrlog Azimjon's Fikrlog @fikrlog · 19.8K subscribers
Post #2830 34.7K
Savdolashish yo'llari

Siz so’radingiz.
…va sotuvchi / ijarachi / sartarosh “yo’q” dedi.

Darrov “ho’p” deyishga shoshilmang. Doim yo’l topiladi.

1. To'liq to'lang. Ko’pchilik “bo’lib to’lash”ga o’tirib qolgan. Bu holatda naqd to’lab 20-40% arzonroqqa olasiz. Uy, moshina, texnika…

2. Oldindan to’lang. Tepada aytgan ofisni 3 oyga oldindan to’lab arzonlashtirdik. 12 oyga olsak 50%ga tushirsa ham bo’lardi.

3. Kamrog’ini xohlang. Soch oldirishda 2-marta bosh yuvishi kerakmasligini aytib arzonlashtirib ko’ring - menda doim ishlaydi.

4. Hozir xohlamang. Keyinroq boring - sotuv o’lganda, mijoz kamayganda, oy oxirida. Oy boshida hamma boy, keyinroqqa qoldiring.

5. Qat’iy bo’ling. Chegirma deb sifatsiziga uchmang. Tanlovni o’zingiz qiling, keyin savdolashing.

Muhimi hovliqmang.
Sizniki bo’lsa ketib qolmaydi.
  • ⚡ 695
  • 🤝 246
  • ❤ 184
  • 💯 111
  • 👍 43
  • 🏆 23
  • 🤷‍♂ 10
  • ✍ 10
  • 🤔 9
  • 👏 6
More from @fikrlog
  1. Oct 1, 2026Tabriklayman, Ustozlar!
  2. Sep 27, 2026Rayhon hidi Bu hid menga qulog'iga rayhon ildirib oladigan rahmatli momamni eslatardi. Ten…
  3. Sep 10, 2026"Zamonaviy" yaxshiroq degani emas. Bir yarim yil avval darslarimiz uchun doska oldik. Qop-…
  4. Aug 21, 2026youtu.be/eVklHjJzpyM
  5. Aug 12, 2026Agar ko'p... Gapirasang ———- Podkast ol. Hayol sursang —— Hikoya yoz. Savol bersang —- Tad…
  6. Aug 9, 2026Yarim tunda uyg’onib ketdi. Uyqim buzildi deb hafa bo’lmadi. Tahajjud o’qidi - xursand bo’…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →