O', G', Ch, Sh muammosi
Faraz qiling siz sinf jurnali uchun maktab o'quvchilari ismlarini tartiblayapsiz. Tartiblash haqida video ham tayyorlgandim.
Aytaylik, Charos ismi Doniyor, Eldor ismlaridan yuqorida chiqib qolyapti. Nega? Chunki siz tartibashda ingliz alifbosidan foydalanyapsiz. C harfi D dan oldin keladi. O'zbek tili alifbosida esa Ch eng oxirigi harflardan.
Afsuski dasturlash tillarida “O'zbek alifbosidan foydalan” deya olmaymiz. Qonuniyatni o'zimiz yozishimizga to'g'ri keladi.
Bu muammo haqida avvalroq o'ylab ko'rgandim va bir kuni shu savolni Bloomberg'da texnik suhbatdan o'tayotganimda berib qolishdi. Albatta, undan keyin Bloomberg ishga taklif bergandi.
Shu masalani axiri Leetcode'dan izlab topdim - masala "o'zga sayyoraliklar alifbosi" deb nomlangan ekan 🥲
Post #2170
15.5K
- 🤣 306
- 👍 50
- 😱 10
- 👀 6
- ❤ 4
- 🔥 4
- 😭 3
- ⚡ 2
- 👏 2