🏆 Yutuqlari
G‘affarova Feruza Djalalovna — 45 yillik pedagogik tajribaga ega, matematika fani bo‘yicha fidoyi va tajribali ustoz. U ko‘p yillar davomida Samarqand shahridagi 6-maktabda faoliyat yuritib, yuzlab o‘quvchilarga matematika fanidan bilim berib, ularning kelajakdagi ta’lim va kasbiy faoliyatiga mustahkam poydevor yaratib kelmoqda.
Ustozning ko‘p yillik samarali mehnati munosib e’tirof etilgan. 2007-yilda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan, 2017-yilda “Xalq o‘qituvchisi” faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan. Shuningdek, Mustaqilligimizning 25, 30 va yaqinda 35 yilligi, Konstitutsiyamizning 25 yilligi munosabati bilan ham munosib taqdirlangan.
Uning eng katta yutuqlaridan biri — shogirdlarining muvaffaqiyatlari. Yillar davomida ustoz tayyorlagan o‘quvchilar respublika va xalqaro miqyosdagi fan olimpiadalari hamda turli tanlovlarda yuqori natijalarga erishgan. Bugungi kunda uning ko‘plab shogirdlari AQSh, Germaniya va boshqa xorijiy davlatlarda tahsil olib, turli sohalarda faoliyat yuritmoqda.
Feruza Djalalovna bugungi kunda ham o‘quvchilar bilan ishlashni davom ettirib, nafaqat matematika fanidan, balki turli intellektual va ta’limiy musobaqalarda ham yoshlarni qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Jumladan, “Сила ума” kabi tanlovlarda o‘quvchilarga tayyorgarlik ko‘rish va ishtirok etishda yordam beradi.
Men ham ustozning shogirdlaridan biriman. U kishi meni matematika fanidan tayyorlab, bilim va ko‘nikmalarimni rivojlantirishimga katta hissa qo‘shgan. Eng muhimi, bu yordamni menga mutlaqo bepul ko‘rsatgan. Ustoz o‘zining ko‘p yillik bilim va tajribasini yosh avlodga beg‘araz ulashib kelayotgani bilan haqiqiy fidoyi ustoz namunasidir.
45 yil davomida minglab o‘quvchilarning hayotiga ta’sir ko‘rsatib, bugungi kungacha o‘z kasbiga sadoqat bilan xizmat qilayotgani uning eng katta yutug‘i, deb hisoblayman.
🎓 Shogirdlari yutuqlari
45 yillik pedagogik faoliyati davomida yuzlab shogirdlari O‘zbekistonning nufuzli oliy ta’lim muassasalariga muvaffaqiyatli o‘qishga kirgan. Hamda, ustozning shogirdlari yillar davomida Xalqaro fan olimpiadalari va turli tanlovlarda ham ishtirok etib, munosib natijalarga erishib kelgan. Shogirdlari orasida Germaniya, AQSh va boshqa davlatlarda tahsil olib, magistratura bosqichini tamomlagan bitiruvchilar ham bor. Bugungi kunda uning ko‘plab shogirdlari turli sohalarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Men ham ustozning shogirdlaridan biri bo‘lib, hozirda matematika fani o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritaman
Siz ham eng fidoyi ustozlar (yoki o`zingiz) haqida ma'lumotni bizga yuboring, u insonni barchaga na'muna qilib ko'rsatamiz: @Fidoyibot
#FidoyiUstozlar #Samarqand
Post #85
24