Christopher Nolan bilan ko’rishdim!!!
O’quvchilar o’qishga kirganlaridan keyin, universitetlarga ota - onalari bilan borib o’qish muhitini ko’rish imkoniyatiga ega bo’ladilar, va universitetlar tomonidan maxsus tourlar, va marosimlar uyishtiriladi. Bu yil, mashhurlardan Christopher Nolanning o’gli, va Jeff Bezosning qizi Princetonga kirdi. Kecha Princeton Preview (Princeton bilan tanishish) kuni edi, va darsga ketayotib, Christopher Nolanni o’g’li bilan uchratib qoldim. Ularni oldiga borib gap boshlash albatta qiyin bo’ldi. Nolan va o’g’li bilan 10 daqiqacha suhbat qurdik. Nolan yaqinda princetonda sur’atga olgan filmi (avvalroq shu haqida post yozganman) haqida qisqacha aytib berdi, va o’g’li bilan tanishtirdi. Dunyodagi eng mashxur rejissorlardan biri bo’lishiga qaramasdan, Christopher ham barcha ota- onalar kabi o’g’li bilan birga Princeton Previewda qatnashdi.
Bundan tashqari, Jeff Bezos ham qizi bilan keldi. Afsuski, Bezos bilan ko’rishishni imkoniyati bo’lmadi, lekin ko’p do’stlarim u bilan ham ko’rishishibdi. Yuqorida bir nechta rasm qoldiryapman.
Christopher Nolan haqida bilmaganlar uchun:
Christopher Nolan dunyo miqyosida mashhur bo'lgan film rejissyor, senarist va produserdir, u o’zining yaratgan innovativ va fikr-mulohazali filmlari bilan ajralib turadi. Nolan "Inception," "The Dark Knight," va "Interstellar" kabi ko'pgina mukofot olgan mashhur filmlarga rejissorlik qilgan.
Umuman olganda, shunchaki universitetda darsga ketayotib bunday mashhur odamlarga duch kelish juda qiziq.
Instagram | Telegram
Post #78
3.62K



- ❤ 76
- 🔥 13
- 👍 11
- 🆒 9
- 🤩 4
- 🥴 4
- ❤🔥 3
- 😍 1