TGViewer
feruza.dev feruza.dev @feruza_dev · 2.29K subscribers
Post #75 4.33K
1 - Qism

So'nggi paytlarda Amerikaning nufuzli universitetlariga kirish jarayoni haqida ko'plab xabarlar olyabman. Ishonamanki, ko'pchilik ariza berish jarayonining asosiy tarkibiy qismlari haqida noto'g'ri fikrga ega. Shuning uchun men o'quvchilar yo'l qo'yadigan keng tarqalgan xatolar haqida post yozishga qaror qildim.

1. GOOGLE sizning eng yaqin do’stingiz!
Odatda ko’pchilik juda oddiy va bir knopkani bosish orqali topsa bo’ladigan savollar so’rashadi, va javob bermasam, yoki google qiling desam ranjish holatlari bo’ladi. O’qishga topshirish bo’yicha sizni nima qiziqtirayotgan bo’lsa, doim googlega murojaat qiling va u yerdan deyarli har qanday savollarga javob topsa bo’ladi. To’g’ri internetdagi hamma narsaga ham ishonish kerak emas, shuning uchun insonlarni erkin fikrlash/o’ylash qobiliyati bor. Vaqt o’tib, google qilish tajribangiz oshgan sari, nimaga ishonish va nimalarga ishonmaslik kerakligini xal qila olasiz. Hozirda, googledan kuchliroq ChatGPT bor. Agarda O’zbekistondan turib ishlata olsangiz, bu undanda ajoyib. (Google qilish haqida alohida post yozaman)

2. “IELTS ballim 7, shu bilan kirsa bo’ladimi?” degan gapni uniting! Top o’qishlarga topshirayotganda, IELTS balingiz deyarli ro’l o’ynamaydi. Ya’ni, siz AQSH/Dunyo bo’yicha yetakchi o’rinda turadigan, davlat/universitet tili ingliz tili bo’lgan joyga topshiryabsiz, bu degani siz ingliz tilini o’z o’zidan zo’r bilishingiz kerak. IELTS ingliz tilini bilinshingiz isboti xalos. Qisqa qilib aytganda, IELTS dan iloji boricha yuqori ball olishga harakat qiling, lekin shu ballni o’zigagina suyanib qolmang.

3. Qo’shimcha mashg’ulotlar.
Qo’shimcha mashg’ulotlar hujjatingizni juda muhim qismlaridan biridir. Qo’shimcha mashg’ulotlarningiz sizni liderlik qobiliyatlaringiz, imkoniyatlardan qanchalik unumli foydalana olishingiz, va har tomonlamalingizni ko’rsatadi. O’quvchilar tomonidan qilinadigan eng katta xato bu qo’shimcha mashg’ulotlarni faqatgina hujjatga tushirish uchun qilishadi. Bu juda no’to’g’ri. Ya’ni, o’zingiz yoqtirgan ishlar bilan shug’illaning. Yana bir narsa, o’quvchilar mandan qanday qilib kichik maktabimga asos solganim, va Amerika korxonalari bilan qanday muzokara olib borganim haqida, va shu kabi ishlarni ular ham qanday takkrorlay olish yo’llarini so’rashadi. Bu juda axmoqona fikr. Har bir kishi o'ziga xos tarzda noyob. Man qilgan ishlarni ko’chirish orqali hech qayerga bora olmaysiz, va bu insinoy ahloqlarga to’g’ri kelmaydi. Universitetlar, hujjatingizda haqiqiy “siz” ni ko’rishni hohlaydi, va buni siz qadirlaydigan mashg'ulotlarni qilish orqali ko'rsata olasiz!

Davomi bor...

Instagram | Telegram
  • ❤ 36
  • 👍 22
  • 🔥 5
  • ☃ 2
  • 👏 2
  • ❤‍🔥 1
More from @feruza_dev
  1. Sep 28, 2026Writing to Remember. On a sudden impulse to scribble, I hit 'create a new note'. Not becau…
  2. Aug 13, 20261701 page mill road. Former headquarters of defunct Theranos. Now houses Stanford Medicine…
  3. Jul 31, 2026It's been two months in the Bay Area. One observation among many is that people are on a m…
  4. Jul 14, 2026Yasin Ehsan, San Franciscodagi Powell St Hacker House asoschisi, hozir Toshkentda. Ertaga,…
  5. Jul 5, 2026A homeless lady stopped me asking for change, saying she hadn't eaten for days. I didn't h…
  6. Jun 29, 2026🔥 Завтра заканчивается прием заявок сразу в две международные программы для стартапов. Ес…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →