Bahorgi semester boshlandi. Odatda bahorgi semester, kuzgiga qaraganda qiyinroq hisblanadi, va asosiy sabab qisqa ta’tillar bahorda kamroq. Misol uchun kuzda, 2ta oz muddatli ta’tillar bor(Fall break, Thanksgiving break). O’quvchilar, odatda har semesterda 4-5 ta dars olishadi, va hamma 4 yil mobaynida 32 ta dars olib tugatishi kerak.
O’zimni darslarimga kelsak, hozirda 4 ta dars olyabman bular: COS226 - Algoritmlar va Data tuzilmalari; FRS138: Hujjatli filmlar olinish jarayonini o’rganish, va suratga olish; MAT104 - Matematika(Calc II); EGR200 - Entrepreneurship (biznes). Soham kompyuter yo’nalishi bo’lishiga qaramasdan, boshqa yo’nalishlar bo’yicha darslar olishim mumkin.
Qiziqarli fakt: Princetonda deyarli har kuni, har xil akademik, hamda ko’ngil ochar mashg’ulotlar bo’ladi, va kampus bo’ylab aylanib yurib bir qanchasiga duch kelishingiz mumkin. Shunday tadbirlarda, doim maxsus fotograf bo’ladi(Misol uchun yuqoridagi rasm: Darslarning birinchi kuniga bag'ishlangan fotosessiya)
Instagram | Telegram
Post #52
2.99K

- 🔥 24
- 👍 18
- ❤ 11
- ⚡ 3
- 🎉 2
- ❤🔥 1