Naval aytganidek, erkinlik toti sizni bir umr ishsizga aylantirib qoʻyishi mumkin.
Muddatlarsiz hayot qanday boʻ lishini hech oʻ ylab koʻrganmisiz. Maktab va oliygohlarda sizdan doim kimdir, qaysidir vaqtda, nimadir bajarishingizni kutadi, talab qiladi. Ishga kirishingiz bilanoq rahbaringiz topshiriq beradi va hafta oxirida natijasini kutadi. Bu esa faqat ish oʻqish haqida emas. Ota-onangiz ishga kirib oyoqqa turib olganingizdan keyin sherik topib tezroq oila qurishingizni kutadi. Hoʻ sh, oila qurdingiz deylik, endi hamma farzandlik boʻ lishingizni kutadi (albatta, bu hamma millatlarga ham taalluqli emas). Ishda esa, rahbaringiz endi yaxshiroq ish taklif qilishini siz kutasiz. Ishdan chiqib ketmoqchi boʻ lasiz, lekin uch oydan soʻng oylik oshish ehtimoli borligi va ishingiz u darajada qiyin emasligi haqida oʻ ylab, oʻ rningizda qolishga qaror qilasiz.
Butun hayotingiz qogʻozga yozilmagan, lekin qayerdadir mavjud boʻlgan “muddatlar” ga asoslanib kechadi. Achchiq haqiqat shundaki, hech qanday muddatlar yoʻq. Qo’rqamiz, go’yoki keyingi “to’g’ri” qadamni bosmasak, qandaydir ayanchli hodisa ro’y beradigandek. Lekin, oʻqishni bitirib “zoʻr” korxonaga ishga kirmasangiz ham hayot davom eta veradi, yoki 30ga kirib hali ham juftingiz boʻlmasa bu siz haqingizda hech narsani bildirmaydi. 10 yil bir kishi bilan yashab, ajrashishingizga toʻgʻri kelsa, hayot tugamaydi. Xullas, erkinligingizni talab qilish va uni qanday ishlatish oʻz qoʻ lingizda, va qaysi yoʻ ldan ketsangiz ham hayot davom etaveradi.
@feruza_dev
Post #374
5.24K

- 🔥 30
- ❤ 29
- 👍 15
- 💯 6
- ❤🔥 5