Oxirgi haftalar hayotim kutubxona, xonam, zal va oshxonada o’tyabti. Sydneyda o’qish Princeton darajasida qiyin bo’lmasada, bu semester o’qishdan tashqari qiladigan ishlarim ko’p. O’zbekiston unicroni Uzumda machine learning developer bo’lib ishlayabman, Princetonda 3-kurs sifatida ilmiy tadqiqot olib borishingiz kerak (Junior Paper) - bu haqida ko’proq gapirib beraman, va kundalik hayot ishlari. Misol uchun, bu yerda universitet oshxonalari yo’q (dining hall), o’zingiz ovqat qilishingiz kerak.
Bunday hayotni ham o’ziga yarasha gashti bor. Katta shaharda yolg’izsiz, imkoniyatlar ko’p, manzaralar va havo yaxshi. Ko’p vaqtim ish, o’qish, va o’rganish bilan o’tsa ham, orada do’stlar bilan uchrashib turishga ham harakat qilaman. Shunchaki o’zingizga qarashga ham vaqt ketadi, yaxshi ovqat qilish, kiyinish, shaxsiy parvarish va ho kazolar.
Oxirgi 2 oyga qarab bir narsa ancha oydinlashdi: hamma narsa ham siz o’ylaganchalik jiddiy emas. Ayniqsa boshqalar uchun qilayotgan ishlaringiz. Aksariyat narsalar sog’lig’ingizni almashtirishga arzimaydi. Oxirgi paytlarda qiladigan ishlarim ko’p bo’lsada, shaxsan o’zimga va kelajagimga foydali jihatlarga ko’proq e’tibor beryabman; zalga chiqib kelaman, yoki uzoq sayrga chiqaman, har kuni aniq vaqtda uyquga ketaman. Ayniqsa yosh paytingizda - “mana shuni tugatsam keyin dam olaman” kabi fikrlab, shu zaylda ketsangiz o’zingizga qarash uchun umuman vaqt bo’lmaydi, chunki tugatadigan va o’rganadigan narsalarni cheki yo’q.
Post #337
9.87K
- ❤ 85
- 👍 27
- 🆒 6
- ❤🔥 5
- 🦄 2
- 💋 1