Confidence.
Ko’p muvaffaqiyatli insonlarni eshitib, ular haqida o’qib bir narsani guvohi bo’ldim: to be successful, you must have borderline delusional self-belief.
Ya’ni, hayotda yuqori muvaffaqiyatga erishish uchun o’zingizga bo’lgan ishonch va qat’iyat juda yuqori bo’lishi kerak.
Afsuski bu biz uchun juda yomon habar. O’ziga bo’lgan ishonch (confidence) va shu kabi tushunchalar madaniyatimizga yod. Bunday ishonch o’zi qanday oshadi? Shaxsiy fikrimcha, qachonki biror nimani uddasidan chiqsangiz va natijaga erishsangiz. Bunga misollar: matematikada qiyin masala ustida ishlab, ancha vaqt sarflab javob topsangiz; muntazam to’g’ri ovqatlanib, badan tarbiya bilan shug’ullanib, oynaga qaraganda o’zgarishlarni sezsangiz; yillab ilmiy tadqiqot qilib jamiyatni qiynagan muaommoga yechim topsangiz. Kattami yo kichikmi, qilgan jismoniy/aqliy mehnatingiz uchun natijaga erishsangiz. Qancha ko’p natija olsangiz shuncha ko’p qat’iyatingiz oshadi. Chunki bilasizki, oldin bo’lgan holatlarni uddasidan chiqgansiz, va bundan buyog’iga ham natija qila olishingizga ishonchingiz yanada komillashadi.
Bizda esa, bu kabi hususiyatni o’zimizda rivojlantirish uchun na uyda, na maktabda sharoit bor. Maktabda konspekt yozib va matn yodlab, uyda esa uy ishlarini qilib, telivizor ko’rish bilan kunlarimiz o’tadi. Fikrlashga, erkinlikka, va qiziqqonlikka undovchi mashg’ulotlar yo’q. Sport esa umuman yod tushuncha. Xullas, yoshlikdan kattalardan va odamlardan buyruqlar kutib o’samiz va buni hayot qonunidek qabul qilamiz. Bu esa ayniqsa qizlarga qiyin. Tug’ilganidan boshlab, qanday o’tirish, qanday kulishi kerakligidan tortib to turmushga chiqqanidan so’ng, yoshi 30dan oshganda ham biror joyga borish uchun kimlardandir ruhsat olib hayoti o’tadi. Atrofdagilar ishonch bildirishmaydi, va chizib bergan yo'llaridan ketishingizni kutishadi. Inson tabiatiga xos bo’lgan izlanuvchanlik yoshligimizdanoq vujudimizni tark etadi. Bir umr o’ziga bo’lgan ishonch hissini tuymagan ison vaqti kelib g’oya va maqsadlari bo’lgan taqdirda ham ularni amalga oshirishi qiyin bo’ladi.
Bunga birgina yechim esa, harakatni boshlash. Qanday sohada bo’lmang, izlanishni boshlang, odamlar bilan fikr almashing, boshqa davlatga ko’ching, atrofingizdagi bor imkoniyatdan foydalaning. Yangi g’oyalarga ochiq bo’ling, muammolarga yechim qidiring, maqsad qilishni o’rganib, ularni amalga oshirish uchun boringizni bering. Sohangizda yetkchilardan bo’ling. Birinchi natijangizga erishganingizdan so’ng, uyog’i yengillashadi. Qo’lingizdan keladigan ishlar ko’p, faqatgina o’zingizga ishonch bilidirib ishni boshlashingiz kerak xalos.
@feruza_dev
Post #330
7.78K
- ❤🔥 62
- 🔥 18
- ❤ 12
- 👏 12
- 👍 11
- 🆒 6
- 👎 3
- 🕊 3
- 💯 3
- 🤔 2
- 🫡 2