Consistency (muntazamlik) qanchalik qiyinligini shu kanalimga ko’zim tushganida bilaman.
Sydneyga kelganimga ham roppa rosa 1 oy bo’libdi, darslar boshlanganiga esa 2 hafta. Sydneyda hayot ancha sokin va sekin. Deyarli hamma sog’lom hayot kechirar ekan. Ertalab 5, 6 dan hamma ko’chada yugurgan yoki dengizga cho’milgani borgan. Ko’chalar daraxt va gullarga to’la. Havo har kuni 25C atrofida, yomg’ir ko’p yog’adi, lekin havo tez ochilib ketadi. Xullas, bu yerdagi hayotim va o’qishlarim haqida ko’proq yozishga harakat qilaman. Yuqorida esa oxirgi 1 oydan ba’zi lavhalar.
Post #301
5.46K



- ❤ 75
- 👍 19
- 🔥 8
- 💘 6
- ❤🔥 3
- 👏 2
- 💯 2
- 🤗 2
- 🕊 1
- 🆒 1