TGViewer
feruza.dev feruza.dev @feruza_dev · 2.28K subscribers
Post #297 9.15K
Mazmunli post yozmaganimga ham ancha bo’libdi.

Kunlar, haftalar tez o’tyabdi. Har kuni nimadir yangilik. Yangi texnologiya, yangi maqola, yangi yo’nalish. Tinimsiz orqada qolayotgandek his qilasiz. O’rganish mumkin bo’lgan sanoqsiz manbalar, lekin nimanidir tanlab, ustida ishlash juda qiyin. Bu esa, tuganmas halqa. Atrof jimjit bo’lsada, shovqinlik kuchayib boradi. Barcha tartibsizliklar va chalkashliklar ichida o’zingizni kichik uvoqdek his qilasiz. Go’yo, hech qayer tinch va xavfsiz emas. Go’yo, to’xtab nafas rostlashga vaqt yo’q. Go’yoki, orqangizdan ta’qib qilib kelayotgan vujud yetib oladi.

Bularning barchasi esa, o’z tajribamdan kelib chiqib, harakatsizlikdan. Odatda, bir soatda bitirishingiz mumkin bo’lgan vazifalarga past baho berasiz. Ko’pincha, o’zimni yuqoridagidek his qilaman, tinimsiz shovqin va bo’ron. Lekin, o’tirib qilishim kerak bo’lgan ishlarni bir joyga yozib, ularni birma bir qilishni boshlasam, bo’ron to’xtaydi, chang-to’zon tinchlanadi va erta bahor kunlarida eshikka chiqib nafas olgandek his qilaman o’zimni.

Albatta, bunday his-tuyg’ularni yengish oson emas. Har kuni o’z ustingizda ishlashdan, va tinimsiz takrorlashdan boshqa yo’l yo’q. Agar oson bo’lganida, hamma ham diqqatli va irodali bo’lar edi.


@feruza_dev
  • ❤ 77
  • ❤‍🔥 20
  • 🔥 13
  • 🆒 10
  • 👍 8
  • 💯 8
  • 🤩 2
  • 💘 2
  • 🕊 1
  • 🍓 1
More from @feruza_dev
  1. Sep 28, 2026Writing to Remember. On a sudden impulse to scribble, I hit 'create a new note'. Not becau…
  2. Aug 13, 20261701 page mill road. Former headquarters of defunct Theranos. Now houses Stanford Medicine…
  3. Jul 31, 2026It's been two months in the Bay Area. One observation among many is that people are on a m…
  4. Jul 14, 2026Yasin Ehsan, San Franciscodagi Powell St Hacker House asoschisi, hozir Toshkentda. Ertaga,…
  5. Jul 5, 2026A homeless lady stopped me asking for change, saying she hadn't eaten for days. I didn't h…
  6. Jun 29, 2026🔥 Завтра заканчивается прием заявок сразу в две международные программы для стартапов. Ес…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →