Instagramni deactivate qilganimga 2 oydan oshdi. Avvaliga, ilovasini o'zini o'chirib tashlagan edim, lekin ba'zida webbrowserdan kirishga odatlanib qoldim. Vaqt kamroq sarflagan bo'lsamda baribir diqqat yaxshigina buzildi.
Mana 2 oydan beri umuman kirishga ehtiyoj sezganim yo'q. O'qishga qaytib kelib ancha trendlardan orqada qolganimni, atrofdagilarning kundalik lug'atlari o'zgarganidan bildim, misol "brat summer" va "demure"?? Sizni ishontirib ayta olamanki bu hayotimga hech qanday salbiy ta'sirini o'tkazgani yo'q, aksincha hayot ancha tinchroq.
Bundan tashqari diqqatim oshganini sezdim. Bir o'tirganda, telefonimni oxtarishga shoshmasdan uzoqroq vaqt ish qilib, kitob o'qiy olaman. Bu haqda yana yozib boraman.
Telegram
Post #282
8.74K
- ❤ 99
- 👍 31
- ⚡ 15
- 🔥 9
- 🕊 6
- 🆒 2
- 💘 2
- 👏 1
- 💯 1