Avgust oyi boshida o’qishdan yaqin do’stlarim O’zbekistonga ko’rgani kelishdi. Bir ikki kundan so’ng ulardan biri aytib qoldi: “Everything here is somehow related to weddings, no?”
Tarjimasi: “Bu yerda hamma narsa oxiri borib to’ylarga taqalar ekan, a?”. Ya’ni, bir bor nazar tashlab bu yerda odamlar tug’ilishi bilan to’y qilishni boshlaydi deb o’ylaydi kishi.
E’tibor berib qarang a. Misol bozorni ko’rdik, har tarafdan savdo qilish umididagi savdogarlar ovozi jaranlab turibdi, ”Kelin sarpo”, “Kuyov sarpo”, “Qudalarga bop narsalar”. Ayni o’sha sarpolarni solish uchun mahsus qutilar sotadigan do’konlar ham har qadamda uchraydi. Keyin u sarpolarni tashish uchun mahsus bezatilgan mashinalarni aytmasa ham bo’ladi. Hattoki oddiy uy jihozlari sotiladigan do’konlar ham “To’yona” deb nomlangan. Aytgancha, bunday narsalar o’ylashimcha oxirgi uch to’rt yilda shakillandi.
Xo’sh, bu ishlarga mukkasidan ketishni sababi nima bilmadim. Xulosa o’zingizdan.
Instagram | Telegram
Post #279
7.4K
- 👏 46
- 💯 17
- 👍 7
- 😁 6
- ❤ 4
- 🙈 2