TGViewer
feruza.dev feruza.dev @feruza_dev · 2.29K subscribers
Post #234 6.66K
1 - qism

Universitetda o’qish shartmi?

Ko’pchilikda savol tug’ilishi mumkin: Hayotda muvaffaqiyatli bo’lish uchun universitetda o’qish shartmi?

Qisqa javob: Yo’q, shart emas!

Lekin o’ylaymanki, bu javob hammaga ham taalluqli emas . Universitetda o’qish o’qimaslik barchani shaxsiy maqsadlari va sharoitiga borib taqaladi.

Hozirgi kunda, internetda ma’lumot oshib toshib yotibdi, va istagan narsangizni o’rgansangiz bo’ladi. Misol uchun yo’nalishim Computer Science, va buni albatta qunt bilan mustaqil o’rgansam bo’ladi. Lekin, universitet berishi mumkin bo’lgan narsalar juda ko’p.

Tanishlar: Universitetda orttirgan do’st va tanishlaringiz bilan munosabatlar uzoq yillar davom etadi. Bu bilan, boshqachasiga do’st orttirolmaysiz demoqchi emasman albatta, lekin universitetda osonroq. Turli xil insonlar bilan gaplashish, fikr almashish shaxsiy rivojlanish va fikrlashingizga yordam beradi. Bir ish boshlamoqchi bo’lsangiz, sizni qo’llab quvvatlaydigan va yordam beradigan odamlar bo’ladi. Sohangizdagi professorlar bilan tanishasiz. Ularni ko’magi va maslahatlari katta ro’l o’ynashi mumkin.

Mustaqillik/shaxsiy rivojlanish: Erkin bo’lasiz, va eng muhimi hammasi o’zingizga bog’liq bo’ladi. Comfort zone dan chiqasiz. Hatolardan dars olasiz. Kimlar bilan do’st bo’lish, odamlar bilan to’g’ri muloqot qilish, ular oldida o’zingizni qanday tutishni o’rganasiz. Nimaga diqqat qilish kerak, nimaga qilmaslik kerak, bularni asta sekinlik bilan o’rganasiz. Do’stlar bilan munosabatlar, darslar, qo’shimcha mashg’ulotlar va boshqa ko’plab narsalarni bir vaqtda muvozanat qilishga harakat qilasiz. Shaxsiy rivojlanasiz.

Kattalardek hayot kechirasiz. Moilaviy muommolaringizni hal qilishni o’rganasiz, ovqat qilish, uyni ozoda tutishni o’rganasiz. Va ko’plab real hayot saboqlarini olasiz.

Bu esa albatta qiyin. Ayniqsa, boshqa davlatda o’qiyotgan bo’lsangiz 10 barobar qiyinroq. Lekin, comfort zone dan chiqish shunday bo’ladi. Shundagina rivojlanasiz.
  • ❤ 53
  • 👍 18
  • ⚡ 10
  • 👎 4
  • 😘 4
  • 🤔 1
More from @feruza_dev
  1. Sep 28, 2026Writing to Remember. On a sudden impulse to scribble, I hit 'create a new note'. Not becau…
  2. Aug 13, 20261701 page mill road. Former headquarters of defunct Theranos. Now houses Stanford Medicine…
  3. Jul 31, 2026It's been two months in the Bay Area. One observation among many is that people are on a m…
  4. Jul 14, 2026Yasin Ehsan, San Franciscodagi Powell St Hacker House asoschisi, hozir Toshkentda. Ertaga,…
  5. Jul 5, 2026A homeless lady stopped me asking for change, saying she hadn't eaten for days. I didn't h…
  6. Jun 29, 2026🔥 Завтра заканчивается прием заявок сразу в две международные программы для стартапов. Ес…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →