TGViewer
feruza.dev feruza.dev @feruza_dev · 2.29K subscribers
Post #229 19K
Qo’qonga kelganimdan beri bir narsa guvohi bo’ldim:

tik tok, instagram reels, youtube, youtube shorts, va turli xil ilovalarga mukkasidan ketgan yosh bolalar.

Qayerga qaramang, hoh u 2 yosh bo’lsin hoh 12, ko’zlari ekrandan uzulmagan holda, ikki bukulib telefonga qarayotgan bolalarni ko’rasiz. Agar qo’lidan qurilmasi olib qo’yilsa, asabiylashib butun uyni boshiga ko’taradiganlarini ham ko’rdim.

Hozirgi bolalarga tug’ilishi bilan qo’liga smartfon tutqiziladi. Ayni aqliy faoliyati rivojlanishi kerak bo’lgan paytda, kitob o’qish o’rniga asosiy vaqti 15 soniyalik videolaru, o’yinlar o’ynash bilan o’tadi. Zerikishni unutadi. Bolalar odatda zerikkanidan, miyadagi bo’shliqni to’ldirish uchun har xil g’oyalar bilan chiqadi, o’yinchoqlar o’ynaydi, o’zini xursand qilish uchun har xil ishlar qilib ko’radi, ya’ni creative bo’ladi. Endi, cheksiz soatlab telefon o’ynar ekan, bolalar aqliy faoliyatida o’zgarishlar sodir bo’ladi, undan tashqari “myopia” rivojlanadi. Bular haqida ko'plab maqola/ilmiy ishlar bor.

Eng achinarli tarafi shundaki, ota-onalar o’z manfaatlari uchun farzandlarini soatlab telefonda qarovsiz qoldirishadi. Yana, “2 yosh bo’lsa ham o’zi bemalol telefonni butunlay boshqara oladi” -deb mag’rurlanishadi, va kulishadi. Bu yoqda esa, bola kelajagini barbod qilishayotganini unutishadi.

Farzandli bo’lish o’zini juda katta mas’uliyatlari bilan keladi. Agar doimiy nazorat qilishga, birga o’tirib rasm chizish, o'ynashga, darslarini qildirishga yoki kitob o’qishga vaqtingiz bo’lmasa, yana o’ylab ko’ring, o’z farzandingizga dushman bo’lmang.

Instagram | Telegram
  • 🔥 84
  • 👍 26
  • ❤ 17
  • 😢 8
  • 👏 4
  • 💯 3
  • 🫡 3
  • ⚡ 1
More from @feruza_dev
  1. Sep 28, 2026Writing to Remember. On a sudden impulse to scribble, I hit 'create a new note'. Not becau…
  2. Aug 13, 20261701 page mill road. Former headquarters of defunct Theranos. Now houses Stanford Medicine…
  3. Jul 31, 2026It's been two months in the Bay Area. One observation among many is that people are on a m…
  4. Jul 14, 2026Yasin Ehsan, San Franciscodagi Powell St Hacker House asoschisi, hozir Toshkentda. Ertaga,…
  5. Jul 5, 2026A homeless lady stopped me asking for change, saying she hadn't eaten for days. I didn't h…
  6. Jun 29, 2026🔥 Завтра заканчивается прием заявок сразу в две международные программы для стартапов. Ес…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →