🔴 Hujjat topshirish bo’yicha savollaringizga bepul javob oling!
Aytib o’tganimdek kechadan darslar boshlandi, va bo’sh vaqtim endi ko’p ham bo’lavermaydi. Lekin, ishonamanki o’qishga hujjat topshirish vaqti yaqinlashgani sari, ko’pchiligingizda savollar tug’iladi.
O’qishga kirishni hoxlagan, va trishqoq o’quvchilarga yordam berish maqsadida hafta davomida, 2 soat office hours uyushtirmoqchiman, ya’ni zoom orqali muhim va zarur savollarga javob beraman. Bu haqida ko’p o’yladim, va vaqtdan iloji boricha unumli foydalanish uchun faqatgina online forma orqali yozilganlarga zoom havolasi jo’natiladi. Bu degani, avval telegram usernamingiz va bermoqchi bo’lgan savolingizni google formada to’ldirasiz. Savolingiz qanchali jiddiy, va internetda topish qanchalik qiyinligiga qarab sizga zoom havolasini jo’nataman. Savollar o’xshashligiga qarab bir uchrashuvda bir kishi yoki bir necha kishi bo’lishi mumkin.
Aytgancha, maslahatlarim albatta shaxsiy faoliyatimning aksi. Ya’ni, o’zim professional maslahatchi emasman, va qo’limdan kelganicha savollarga javob berishga harakat qilaman.
❗️Reaksiyalar va qiziqish qanchalik ko’pligiga qarab, tez orada kop’roq ma’lumot, sana/vaqt bilan yana yozaman.
Buni albatta do’stlaringiz bilan ulashing!
Instagram | Telegram
Post #179
4.44K
- ❤ 79
- 👍 24
- 🆒 8
- ⚡ 4
- 🔥 3
- ❤🔥 2
- 👏 2
- 🙏 2
- 👀 1