Princeton shahri.
Princeton universiteti New Jersey shtatining Princeton shaxarchasida joylashgan. Shahar aholisi bor yo’g’i chamasi 30,000 ni tashkil qiladi. Asosiy aholi qatlami badavlat insonlardan iborat bo’lib shahar kichi bizneslar bilan to’la, va umuman baland binolar yo’q. Misol uchun birorta ham McDonald’s yoki KFC kabi mashhur fast food brandlari yo’q. Agarda kiyim sotib olmoqchi bo’lsangiz albatta online yoki qo’shni shaharga borishingiz kerak, chunki Princeton shahrida faqat Ralph Lauren yoki Madewell kabi juda qimmat do’konlar bor halos. Bundan tashqari, shaharda Charles Schwab, badavlat insonlar banki sifatida tanilgan bank ham joylashgan.
Restoranlarga kelsak, tushlik yoki kechlik uchun o’rtacha 25$ atrofida sariflaysiz. Albatta bu o’rta-miyona restoranlar, eng arzon taomlari $100 atrofidagi restoranlar ham yo’q emas. Lekin, albatta har bir ikki haftada student sifatida ko’chada ovqatlanishni iloji bor. Starbucksda qahvani o’rtacha 6$ atrofida olishingiz mumkin.
Shahar atrofi o’rmonlar bilan o’ralgan. Yotoqxonam campus chekkasida va 10 daqiqalik masofada Carnegie ko’li joylashgan. Yuqoridagi video va rasmda, universitet atrofidagi muhitni ko’rishingiz mumkin. Umuman olganda, o’zim nisbatan kichik shaharda o’sib ulg’ayganim uchun, qimmat bo’lishiga qaramasdan Princeton muhiti juda yoqadi, kichik va tinch.
Instagram | Telegram
Post #166
2.88K
- 👍 35
- ❤🔥 11
- 🆒 7
- ❤ 5
- 🔥 2
- ⚡ 1