Chuqur ishlash. (Deep Work)
O’ylaymanki ko’pchiligimiz Cal Newportning Deep Work kitobi haqida eshitganmiz.
Kitobda Newport, bor diqqatingizni jamlagan holda bir narsa ustida uzoq vaqt ishlash qay darajada samarali ekanligi haqida so’zlaydi.
Deep Work - barcha chalg’ituvchi buyumlardan holi joyda, telefoningizni o’chirib, faqatgina bir ishga/mashg’ulotga bor diqqatingizni berigan holda ishlash. O’ylab qaraganda, oddiy va oson bo’lib ko’rinishi mumkin, lekin diqqatni jilovlash juda qiyin. Ayniqsa, barchaning hayoti turli xil texnologiyalar bilan qamrovda qolgan zamonda.
Kitobdan qisqacha mulohazalar:
1. Diqqat bilan bir narsa ustida uzoq vaqt ishlash, odatiy holga aylangan, turli xil mashg’ulotlar ustida ishlashdan(multitasking) ancha samarali. Deep Work ishlab chiqaradigan ish sifati ko'pincha yuqori bo'lib, qisqa vaqt ichida yaxshi natijalarga olib keladi.
2. Chuqur ishlang: kun davomida diqqatni jamlash mumki bo’lgan, chalg'itmaydigan ish vaqtlarini belgilang.
3. Zerikishni qabul qiling: Zerikish jarayonning bir qismi, va miyangizga dam bering.
4. Ijtimoiy tarmoqlardan voz keching: Ijtimoiy tarmoq va ish/hayotingizdagi boshqa chalg'itadigan narsalarning afzalliklarini tanqidiy baholang va ularni kamaytirish yoki yo'q qilish haqida o'ylab ko'ring.
5. Deep Work qilish uchun maxsus aniq vaqt ajrating, va kunning o’sha paytida har kuni chuqur ishlang.
Kitobni ancha oldin o’qib tugatgan bo’lsamda, hech tartibga tusha olmadim. Va yana bir bor ishontirib aytishim mumkinki boshlanishi va tartibga tushib olish juda qiyin.
Nihoyat bugun boshladim. Har kuni 9:00 da ishim boshlanadi. Ertalab 6da turdim, qahva oldim, telefonimni o’chirib qo’ydim va ikki soatlar atrofida, asosiy ishimdan oldin Deep Work qildim. Tez orada, foyda va o’zgarishlar haqida yozib boraman.
Post #154
3.44K
- 👍 45
- ❤ 12
- 🆒 7
- ⚡ 3
- 🔥 1