Coded Inequality (Kodlangan tengsizlik.)
Texnologiya hayotimizning ajralmas qismiga aylandiki, ba’zida uning zararlari haqida unitamiz. Odatda texnologiya qanday qilib yoshlarni e’tiborini egallab olgani haqida gaplashimiz. Lekin hech texnologiya millatchi va irqchi bo’lishini o’ylab ko’rganmisiz. Albatta bu noodatiy tushuncha, lekin juda oddiy. Barcha kodlar, va dasturiy ta’minotlar insonlar tomonidan yoziladi, ya’ni dasturiy taminotga beriladigan buyriqlar obyektiv emas balki subyektivdir. Bu degani, jarayonda, kodlarni/ma’lumot ba’zalarini yozayotgan va tayyorlayotgan dasturchilarning shaxsiy fikrlari va keng tarqalgan stereotiplar ham aralashadi.
Misol uchun oddiy insonlar ismini olaylik. O’ylab qarasak, ismlar har bir kishini shaxsini ifodalaydigan har kungilik vosita bo’lsada, texnologiyalar ularni ma’lum bir kategoriyalarga bo’lishi mumkin. Aeroportdagi yoki militsiyadagi tekshirish tizimi: Misol uchun Californiadaning “xavfli to’da a’zolari” listida 87% insonlar Latino va Qora tanliklardan iborat. Databazaga chuqurroq e’tibor berilganda, ismlarning ko’pi hali bir yoshga ham to’lmagan chaqaloqlar ekanligi topilgan(pg. 6, Ruha Benjamin.) Buning sababi texnologiyalar ularning turar joyi, va ismlari orqali saralagan. Ismingiz shunday stereotiplar ostidagi biror bir ro’yxatga tushdimi, ortga yo’l yo’q. Qayerga bormang doim kuzatilayotgan bo’lasiz.
Bu esa faqatgina ismga asoslanib. Deyarli har kuni boshqa millionlab inson ma’lumotlari texnologiyalar tomonidan turli xil yo’llarda ishlatilgan holda noxaqlik va irqchilik/millatchilikga olib keladi, va bu haqida yana postlar yozaman.
Instagram | Telegram
Post #153
3.56K
- 🆒 21
- ⚡ 6
- 👍 6
- 💯 4
- ❤ 3
- ✍ 1
- 👌 1
- 🥱 1
- 😡 1