💎FARG‘ONADA GERMANIYA BILAN TA’LIM VA KASBIY TAYYORGARLIK YO‘NALISHIDAGI HAMKORLIK KENGAYMOQDA
📍Xabaringiz bor, Germaniyaning Prosica GmbH kompaniyasi bilan Farg‘ona viloyatida hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Kompaniya faoliyati ta’lim, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, xalqaro kadrlar tayyorlash va xalqaro hamkorlik yo‘nalishlarini qamrab oladi.
🔵 Viloyatda yoshlarning nemis tilini o‘rganishi, kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishi hamda Germaniyada ishga joylashish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan tashabbuslar yuzasidan hamkorlik olib borilmoqda.
🌐Bugun Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida Prosica GmbH kompaniyasi vakillari ishtirokida Zoom platformasi orqali onlayn tadbir tashkil etildi.
🪙Unda Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov, soha mas’ullari hamda Prosica GmbH kompaniyasi vakillari boshqarmaning maxsus studiyasidan ishtirok etdilar. Shuningdek, viloyatdagi ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan xorijiy tillar o‘qituvchilari va tegishli mas’ullar onlayn tarzda qatnashdilar.
➡️Tadbir davomida kompaniya vakillari Prosica GmbH faoliyati, uning asosiy maqsad va vazifalari, ta’lim sohasidagi loyihalari hamda xalqaro hamkorlik imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berdilar.
⬇️ Shuningdek, Farg‘ona viloyatida avval tashkil etilgan namunaviy va namoyish darslari, ularda qo‘llanilgan yondashuvlar hamda erishilgan natijalarga alohida to‘xtalib o‘tildi. Ishtirokchilarga kompaniya faoliyatiga bag‘ishlangan videolavha ham namoyish etildi.
⏸Muloqotda yoshlarning xorijiy tillarni o‘rganishi, kasbiy tayyorgarligini oshirishi, zamonaviy ta’lim imkoniyatlaridan foydalanishi hamda Germaniyada qo‘llaniladigan ta’lim standartlari va kasbiy malaka talablariga mos bilim va ko‘nikmalarni egallashi masalalari muhokama qilindi.
🔷 Shuningdek, Germaniyada kasbiy ta’lim olish va mehnat faoliyatini boshlash istagidagi yoshlarni zarur tayyorgarlikdan o‘tkazish, ularning imkoniyatlarini kengaytirish hamda bu borada axborot va amaliy ko‘mak beruvchi platformalardan foydalanish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
⌛Kompaniya vakillari ishtirokchilarni mazkur yo‘nalishlarda bilim olish va o‘z imkoniyatlarini kengaytirishga ko‘maklashuvchi platformaga a’zo bo‘lishga chaqirdilar.
⌛ Ushbu tashabbuslar yoshlarning xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirishi, kasbiy mahoratini rivojlantirishi va xalqaro mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lishiga ko‘maklashishi ta’kidlandi.
💥Tadbir yakunida Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov hamkorlik uchun kompaniya vakillariga minnatdorlik bildirdi.
📊Shuningdek, o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, ta’lim sohasidagi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish va yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish muhimligini qayd etdi.
💥 Uchrashuv so‘ngida mehmonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.
Post #36666
1.87K










- 👍 2
- ❤ 1