TGViewer
FVMMTB - Rasmiy kanali FVMMTB - Rasmiy kanali @farvmmtb · 43.8K subscribers
Post #36647 1.16K
💎 TA’LIM MUASSASALARIDAGI SHAROITLAR VA TA’LIM-TARBIYA JARAYONLARI O‘RGANILMOQDA

📍Bugun Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov tomonidan ta’lim muassasalaridagi mavjud sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonlari hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganish ishlari davom ettirildi.

➡️Navbatdagi o‘rganishlar Farg‘ona tumanidagi 7-, 8-, 12- va 31-umumiy o‘rta ta’lim maktablari, shuningdek, 29-, 39-, 40- va 55-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib borildi.

⬇️O‘rganishlar davomida maktablarda o‘quvchilar, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida esa tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonlarining tashkil etilishi, o‘quvchilar davomati hamda darsdan tashqari to‘garaklar faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi.

🔷Shuningdek, ta’lim muassasalarida sog‘lom va xavfsiz ovqatlanishni tashkil etish, sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish, hududlarda tozalik va obodonlashtirish ishlarini olib borish hamda binolarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi.

🪙O‘rganishlar jarayonida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, o‘quvchi hamda tarbiyalanuvchilar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari ham muhokama qilindi.

⌛Aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash va ta’lim muassasalarida ishlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan mas’ul rahbarlar hamda tegishli mutasaddilarga aniq ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

🌐Bunday o‘rganishlar ta’lim muassasalaridagi mavjud holatni joyida tahlil qilish, muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish orqali ta’lim-tarbiya sifatini yanada yaxshilashga qaratilgan.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.
  • ❤ 2
  • 🥰 1
More from @farvmmtb
  1. Oct 16, 2026💎“SEN ISTE’DODLISAN” TANLOVINING QUVASOY SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI 📊Shahridagi 10-umumi…
  2. Oct 16, 2026💎BU QIZIQ! 🗣️Fanda kitob o‘g‘rilarini bibliokleptomanlar deb atashadi. 👀Dunyodagi eng m…
  3. Oct 16, 2026💎OLTIARIQDA “SEN ISTE’DODLISAN” KO‘RIK-TANLOVINING TUMAN BOSQICHI O‘TKAZILDI 🟢Tumandagi…
  4. Oct 16, 2026💎FARG‘ONADA GERMANIYA BILAN TA’LIM VA KASBIY TAYYORGARLIK YO‘NALISHIDAGI HAMKORLIK KENGAY…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →