💎O‘zbekiston tumanidagi “Jasorat maktabi” o‘quvchilari tantanali va’da berdi
📍O‘zbekiston tumanidagi 22-maktab negizida tashkil etilgan “Jasorat maktabi” o‘quvchilari uchun “Payshanba — yoshlar kuni” munosabati bilan tantanali va’da berish marosimi o‘tkazildi.
Mazkur bo‘lib o‘tgan tadbirda tuman hokimligi, mudofaa, favqulodda vaziyatlar hamda maktabgacha va maktab ta’limi bo‘li mutasaddilari, ota-onalar va jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
💥Harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishida tayanch maktab etib belgilangan maskan o‘quvchilari Vatanimizga munosib farzand bo‘lish va unga sidqidildan xizmat qilishga tantanali va’da berishdi.
Fargʻona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati
Post #36627
495




