🇩🇪 GERMANIYAGA PROFESSIONAL TA’MIRLASH USTALARI KERAK!
🛠 Ichki va tashqi ta’mirlash, fasad, plitka va santexnika ishlarining ustasimisiz? Germaniyada rasmiy ishlash imkoniyati sizni kutmoqda!
✅ Kamida 4 yillik amaliy ish tajribasi
✅ Institut yoki universitetning oliy ma’lumot diplomi
✅ Rus tilini bilish kifoya — nemis tili shart emas!
❗️Faqat o‘z ishining haqiqiy ustalari kerak! “Borib o‘rganaman”, “harakat qilib eplab ketaman” degan nomzodlar ushbu vakansiya uchun ko‘rib chiqilmaydi. Yordamchilar kerak emas.
🛠 ASOSIY ISH VAZIFALARI:
— Devor va shiftlarni suvoq qilish — ichki va tashqi ishlar;
— Bezakli gips ishlari, shift bezaklari va ornamentlar tayyorlash;
— Binolarning issiqlik izolyatsiyasini bajarish;
— Gipsokarton o‘rnatish, devor va to‘siqlar qurish;
— Eski binolarni ta’mirlash va restavratsiya qilish;
— Yuzalarni tekislash va silliqlash;
— Fasadni bezash va unga ishlov berish;
— Oboy yopishtirish;
— Devor va polga plitka yopishtirish;
— Santexnika ishlari: suv va oqova quvurlarini o‘rnatish, sanitariya jihozlarini ulash;
— Dush xonalarini tayyorlash va ta’mirlash: gidroizolyatsiya, plitka ishlari hamda dush jihozlarini o‘rnatish.
💶 ISH HAQI VA SHAROITLAR:
— Soatiga 15,55 € brutto — soliq va ijtimoiy to‘lovlar ushlanmasidan oldingi ish haqi;
— 🇩🇪 Germaniya qonunchiligiga mos rasmiy ish shartnomasi;
— 🏗 Yirik va ishonchli kompaniyada ishlash imkoniyati;
— 🏠 Ijara asosida turar joy topib beriladi.
👤 NOMZODLARGA TALABLAR:
— Yuqoridagi ishlarni professional darajada va mustaqil bajara olish;
— Ushbu sohada kamida 4 yillik real ish tajribasi;
— Oliy ma’lumot diplomi bo‘lishi shart — kollej diplomi yetarli emas;
— Rus tilida muloqot qila olish. Nemis tilini bilish talab etilmaydi.
📩 ARIZA TOPSHIRISH:
Avvalo quyidagi havola orqali ConsultingUz tizimida ro‘yxatdan o‘ting:
👉 RO‘YXATDAN O‘TISH
⚠️ Barcha ma’lumotlarni to‘liq va to‘g‘ri kiriting! Dastlabki saralash aynan tizimga kiritgan ma’lumotlaringiz asosida amalga oshiriladi.
📸 BAJARGAN ISHLARINGIZDAN FOTO VA VIDEOLAR YUBORISH SHART!
Ro‘yxatdan o‘tganingizdan so‘ng, shu kungacha o‘zingiz bajargan ta’mirlash ishlarining foto va videolarini Telegram orqali 👉 @consultinguz_chat manziliga yuboring.
✍️ Xabarda ism-familiyangiz va ro‘yxatdan o‘tishda ko‘rsatgan telefon raqamingizni ham yozing.
📋 SARALASH JARAYONI:
1️⃣ Dastlabki saralash — tizimga kiritilgan ma’lumotlar hamda yuborilgan foto va videolar ko‘rib chiqiladi.
2️⃣ Ichki suhbat — ConsultingUz xodimlari bilan tajribangiz va kasbiy ko‘nikmalaringiz bo‘yicha suhbat o‘tkaziladi.
3️⃣ Amaliy imtihon — kasbiy mahoratingiz tekshiriladi. Ishni mustaqil va sifatli bajara olishingizni amalda ko‘rsatishingiz kerak bo‘ladi.
4️⃣ Ish beruvchi bilan yakuniy suhbat — tarjimon yordamida o‘tkaziladi.
📢 Germaniyada ishlashni istaydigan professional usta tanishingiz bormi? Ushbu e’lonni unga yuboring!
ConsultingUz
Telegram | Instagram | YouTube
Post #228
2.27K
