Internetdagi keyingi milliard foydalanuvchilar odamlar emas SI agentlar boʻladi.
Demak saytlarni va onlayn xizmatlarni ham agentlar foydalanishi uchun moslab boshlash kerak. Odatda odam bajaradigan vazifalarni endi agentlar uchun qulay qilish lozim. Oddiy misol, hozirda toʻlov tizimlari (uzcard, payme, visa, mastercard) faqat odamlar uchun qilingan, biror mahsulot sotib olishda albatta inson ishtroki kerak (sms kodni kiriting, tasdiqlash tugmasini bosing va hokazo), lekin kelajakda bu vazifalarni SI agentga yuklash imkoni boʻlishi kerak. "Menga taksi chaqirib qoʻy; tushlikka ovqat aytib yubor; uyda mahsulotlar tugabdi, buyurtma ber" kabi buyruqlarni agent bemalol tushunib, erkin harakat qila olishi kerak. Bu uchun hatto yangi termin ham topildi – Agentic Engine Optimization (AEO).
Albatta, bu bosqichga yana biroz vaqt bor, lekin hozirdan qilishingiz mumkin boʻlgan narsa bu mavjud saytingizni SI agentlar uchun oʻqishga qulay qilish. Bu saytingizni kamida ChatGPT, Gemini va shunga oʻxshash chatbotlat orqali topilishiga va barcha maʼlumotlarni toʻgʻri yetkazishiga sabab boʻladi.
Xullas biz ham shu yoʻnalishda birinchi qadamni qoʻyib, mohirdev.uz saytimizni agentlar uchun qulay koʻrinishga olib kela boshladik. Natijani rasmlarda koʻrishingiz mumkin. Bu boshlanishi, sekin asta 100% ga olib chiqamiz.
Agar siz ham oʻz (yoki boshqa) saytingizni SI uchun tayyorligini bilmoqchi boʻlsangiz, ushbu bogʻlama orqali tekshirib koʻrishingiz mumkin.
SI'ni esa haqiqiy mutaxassislardan oʻrganish uchun kanalga obuna boʻling.
@ertagakech
Post #93
863


- 👍 6
- ❤ 5
- 🔥 3