Google qidiruv endi SI
Ahamiyat bergan boʻlsangiz, oxirgi 1 yil Google qidiruvda "AI mode" paydo boʻlgan. Savolingizha SI javob beradi.
Kechagi taqdimotda esa Google qidiruvning kelajagini koʻrdik. Endi SI oddiy matn bilan emas animasiyalar, interaktiv grafiklar, chizmalar va hatto butun boshli web ilovalar bilan javob qiladi.
Tasavvur qiling Googledan matematika yoki biologiyaga oid savol soʻradingiz, engi Google sizga mavzuni tushuntirish uchun murakkab chizmalar yoki kerak boʻlsa dars rejasi tuzib beradi. Bu rejani ilova koʻrinishiga oʻtkazib berishni soʻrasangiz, marhamat sizg 1 haftalik web ilova ham tayyor.
Yana bir katta qoʻshimcha endi qidiruv agentlari. Endi siz Googlega murakkab qidiruv buyrugʻini berib, uni takrorlab turishni, kerakli narsa topilganida sizga xabarnoma yuborishni soʻrashingiz mumkin. Agentlar fonda doimiy ishlab turadi va sizga kerakli natijalarni doimiy yuborib turadi.
Bu bilan Google SIdan foydalanishni yanada oson qilmoqda.
@ertagakech
Post #76
909










- 👍 7
- 🔥 3
- ❤ 2
- 🎉 1