Marketing mutaxassisi, hisobchi, yurist, biznes egasi — hammaga aloqador loyihalarni SI bilan qurishning 5 ta bosqichini ichki uchrashuvda koʻrsatdik:
1. Rejalash — SI bilan muhokama qiling. Nima qilmoqchiligingiz haqida u sizdan savollar soʻrasin, javobga mos reja tuzsin.
2. Yaratish — faqat tasdiqlangan rejadagi ishlarni topshiring. Kod, kontent, dizayn — har qanday ishni.
3. Qoʻllash — tekshiring, sinab koʻring.
4. Izohlash — nima va nega oʻzgardi — tushuntirib bersin.
5) Yakunlash — natijani saqlab qoʻyib, keyingi vazifaga oʻting.
Eng muhimi — plan mode (rejalash rejimi)ʼni yoqib olish. Hozirda u faqat Claudeʼda bor, Gemini kabi modellarda hali yoʻq.
👆 Shunaqa amaliy jarayonlar, real implementatsiyalar, loyihalarni shu kanalda yana koʻrsatib boramiz. Vebinarlar, savol-javob sessiyalar — hammasi SI atrofida boʻladi.
Yaqinlaringizni qoʻshing, birga oʻrganish tezroq kechadi.
@ertagakech