Mening SI agentim bor, telegramda ishlaydi. Turli vazifalarni bajaradi: post yozish, emailga javob berish, kalendardagi turli uchrashuv va tadbirlar haqida eslatib turish, har kuni SI bo'yicha eng yaxshi maqolalarni saralab ertalab menga yuborish va eng muhimi bu bot mening ikkinchi xotiram (RAG).
Xullas shu bot har kuni ertalab menga kechagi kun qaysi modellardan foydalangani va bu menga qanchaga tushgani haqida hisobot yuboradi. Ahamiyat bersam, agent asosan Gemini Pro modelidan foydalanar ekan (arzonroq flash modelidan esa deyarli foydalanmas ekan):
💸 AI spend yesterday: $0.57
pro $0.54 · flash $0.03 · gemini-3-flash-preview $0.00
Men agentga so'nggi 1 hafta davomida Pro modeldan foydalangan vazifalarni qaytadan Flash modelida bajarishni va natijani solishtirishni so'radim. Javob men uchun kutilmagan bo'ldi:
📈 Sifat: Flash Pro ga teng yoki undan yaxshiroq natija beradi — "xotiramdan" ko'proq sahifalarni topadi, batafsilroq javob qaytaradi.
⚡️ Tezlik: Flash o'rtacha 3.5× tezroq (12s → 3.5s).
💸 Narx: Flash 25× arzonroq (output tokenlar bo'yicha).
🤝 Ishonchlilik: Barcha 12 ta vazifani to'g'ri bajargan (post yozish, kalendarga tadbir qo'shish va hokazo).
Demak, ish uchun to'g'ri modelni tanlash nafaqat pulingizni tejaydi, balki samaradorlikni ham oshirar ekan.
Qaysi vazifa uchun qanday model tanlash haqida esa kelgusida yana gaplashamiz.
@ertagakech




