TGViewer
Ertaga Kech Ertaga Kech @ertagakech · 2.33K subscribers
Post #211 14.5K
Kecha birdaniga eng yirik SI kompaniyalari serverlari bir necha soat davomida ishlamagan (xAI, OpenAI, Anthropic). Bu hodisa chet elda "Great AI Blackout" deb ham atalmoqda.

Tasavvur qiling bir necha soat birorta SI dasturi ishlamay turgan (Grok, Claude, ChatGPT/Codex).

Blackout sabablari hammada turlicha, yagona sabab yoʻq. Kimdadir tarmoq xatosi, kimdadir serverlarga bosim oshib ketgan (OpenAI va Anthropic oldinma-ketin yangi modellar taqdim qilgani ham tahminiy sabab qilib koʻrsatilmoqda).

Moliyaviy zararlar ham hozircha aniq emas, lekin bu tizimlarga bogʻlangan minglab (balki millionlab) boshqa dasturlar, SaaS, CRM, ERP tizimlar ham toʻxtab qolgani aniq.

Millionlab xodimlar ham bu oraliqda ishsiz oʻtirgani yoki samaradorligi tushib ketganini ham inkor qilib boʻlmaydi (ayniqsa dasturchilarni yurak huruji tutgan boʻlsa kerak).

Bu hozircha boshlanishi, SI'da ishlaydigan tizimlar/xodimlar koʻp lekin, hali kritik darajada ommalashmagan. Lekin kelajakda bunday blackoutlar haqiqatdan ham jiddiy moliyaviy zararlarga olib kelishi aniq. Tasavvur qiling, 3-4 soat global miqyosda tok oʻchib qoldi, dunyo boʻylab yoʻqotishlar trillionlab dollarda oʻlchansa kerak. Kelajakda SI ham huddi shunday boʻladi. Eng yomoni nafaqat moliyaviy, balki odamlar hayotiga ham jiddiy zarar yetishi mumkin.

Sizning fikringiz qanday? Siz kechagi blackoutni his qildingizmi?

@ertagakech
  • 👍 20
  • ❤ 2
  • 🤯 2
More from @ertagakech
  1. Sep 24, 2026Post #244
  2. Sep 24, 2026Odam SI yordamida yaratayotgan narsalarni koʻrib shunchaki lol qolaman. Yana bir fikr bor,…
  3. Sep 22, 2026Post #235
  4. Sep 22, 2026Post #234
  5. Sep 22, 2026Post #233
  6. Sep 21, 2026Jev nima? Video ko'rishni eringanlar uchun. @ertagakech
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →