π Analitika (ma'lumotlar tahlili) keskin o'zgarayapti.
Statik (o'zgarmas) grafiklar va dashboardlar endi yakuniy bosqich emas. Aslida bu dashboardlardan maqsad nima edi? Minglab ma'lumotni (1) tizimli va tartibli ko'rish, (2) tahlil qilish, (3) qaror qabul qilish. Qaror qabul qilish har doim rahbarlar zimmasida bo'lgan β lekin ulargacha ma'lumotni to'g'ri yetkazish uchun data analitiklar kerak edi. Analitiklar qurgan chiroyli, murakkab dashboardlarning yagona vazifasi β ma'lumotni ko'rsatish. Bu descriptive (tavsiflovchi) dashboard deyiladi.
Agar analitik kuchli bo'lsa, ma'lumot asosida prognoz qila oladigan tizim ham qurib beradi. Bu predictive (bashorat qiluvchi) dashboard. Bunda bashorat algoritmlari va hisob-kitoblarni analitik o'zi dasturlaydi.
SI mana shu ikkala bosqichni ham tortib olayapti.
Bugun minglab ma'lumotni SI chatbotlar yordamida bemalol tahlil qila olasiz. Misol uchun, OpenAI yaqinda Codex'ga oltita yangi plugin chiqardi β ulardan biri Data Analytics plugin. U bilan Snowflake, Databricks, Tableau kabi tizimlardagi ma'lumotni so'rab, metrikalar nega o'zgarganini tushuntirib beradigan dashboardlar qurish mumkin β kod yozmasdan.
Yana bir misol β o'zimdan. Bizda qo'ng'iroqlarni tahlil qiladigan maxsus dashboard bor edi, uni o'zim Claude Code yordamida qurganman. Sotuv bo'limi rahbari kundalik qo'ng'iroqlarni eshitib, SI bergan tahlilni o'qib xulosa qilardi. Bugun 20 daqiqa sarflab shu dashboardga MCP qo'shdim va uni Claude.ai'ga uladim. Endi rahbar qo'ng'iroqlarni to'g'ridan-to'g'ri Claude orqali tahlil qiladi, savol ustiga savol berib, ilgari ko'rinmagan insightlar oladi β va eng muhimi, "bu mijoz bilan keyin nima qilish kerak" degan tavsiyani ham oladi.
Facebook MCP'ni ulasangiz, butun jarayonni β mijoz target reklamani ko'rganidan to ariza qoldirib, bizga qo'ng'iroq qilib, kursni sotib olgunigacha β bir joyda nazorat qilib tahlil qilsa bo'ladi. Yoniga to'lov tizimi va Mohirdevdagi ta'lim jarayonini ulasangiz, manzara yana ham to'liqlashadi.
Xullas: avval alohida jamoa va bir necha oy talab qilgan ishni SI bir zumda qilib berayapti. Va bu hali oxiri emas.
Keyingi bosqich β prescriptive (tavsiya beruvchi) tizimlar. Bunda SI nafaqat ma'lumotni tavsiflaydi va tahlil qiladi, balki "endi nima qilish kerak"ligini ham aytadi. Yuqoridagi qo'ng'iroq misolida buni allaqachon ko'rdingiz β bu boshlanishi xolos.
Dasturchilar uchun: mahsulotingizni shunchaki interfeys emas, SI chaqira oladigan xizmat (agent-callable) sifatida loyihalashtiring β MCP aynan shu eshikni ochadi.
Foydalanuvchilar uchun: bitta jarayonni tanlang va uni bugun mavjud vositalar bilan SI'ga uzatib, tahlil qilib ko'ring. Murakkab tizim shart emas, 20 daqiqa yetadi.
@ertagakech
Post #126
2.27K