Enterprise yechimlarda ma’lumotlar xavfsizligi eng muhim talablardan biri.
Ayniqsa, kompaniya ichki ma’lumotlari, kodlar, hujjatlar yoki mijozlarga oid ma’lumotlar LLM orqali qayta ishlanayotganida, bu ma’lumotlarning modelni o‘qitish yoki yaxshilash uchun ishlatilmasligi shart va muhim.
OpenAI, Anthropic va Google kabi kompaniyalarning ham korporativ mahsulotlarida bunga alohida e’tibor beriladi. Business va Enterprise mahsulotlarida foydalanuvchi ma’lumotlari odatda model training’i uchun ishlatilmaydi, shuningdek korporativ mijozlar uchun qo‘shimcha data retention va security nazoratlari taqdim etiladi.
Oldin aytganimizdek, biz ham o‘z LLM modellarimizni deploy qildik va ular uchun inference API taqdim etyapmiz.
VoiceLab Enterprise orqali yuborilgan ma’lumotlar modellarimizni o‘qitish yoki yaxshilash uchun ishlatilmaydi.
Hozir LLM modellarimiz uchun API endpoint’larni ham bosqichma-bosqich ochyapmiz. Ulardan VoiceLab akkauntingiz orqali foydalanish mumkin.
Agar kompaniyangiz uchun private LLM inference, API integratsiya yoki Enterprise yechimlar qiziq bo‘lsa, @voicelab_support’ga yozishingiz mumkin. Yechimlarni ulashishga tayyormiz.
Post #2622
1.14K