Yandex Uzbekistan bepul Dev Camp dasturiga ro‘yxatdan o‘tishni boshladi.
10–31 oktyabr kunlari Toshkentda IT yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar va yaqinda oliy ta’lim muassasasini tamomlagan bitiruvchilar uchun uch haftalik intensiv bo‘lib o‘tadi.
🧑💻 Dasturda:
• backend dasturlash
• sun’iy intellekt
• algoritmlar
Shuningdek, ishtirokchilar Yandex dasturchilari va jamoa rahbarlari bilan bevosita muloqot qilish imkoniga ega bo‘ladi.
Eng yaxshi ishtirokchilar esa Yandex Uzbekistan'da amaliyot o‘tash uchun qisqartirilgan saralovdan o‘tish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.
🤩 Ishtirok etish bepul.
O‘zbekistonning boshqa hududlaridan saralovda eng yaxshi natija ko‘rsatgan nomzodlarning Toshkentga borib-kelish xarajatlari va yashashi kompaniya tomonidan qoplanadi.
Ta’lim rus va ingliz tillarida olib boriladi.
❗️Arizalar 30 sentyabrga qadar qabul qilinadi.
Dasturda ishtirok etish uchun ariza topshirish va kirish topshirig‘ini bajarish kerak.
https://t.me/elzodxon
Post #2619
969

