TGViewer
Elle Coders 21 Elle Coders 21 @elle_coders_21 · 86 subscribers
Post #55 151
Salom, IT-sohasidagi qizlar!

School 21’dan ayollar hamjamiyati — Elle Coders 21’ga xush kelibsiz! Bu hamjamiyat:

✅ IT olamiga endigina qadam qo‘yib, hatto savol berishga ham qo‘rqayotganlar;
✅ bir vaqtning o‘zida ham o‘qib, ham ishlab, charchab qolmaslikka urinayotganlar;
✅ bolalari uxlaganda kod yozishni o‘rganayotganlar;
✅ 40 yoshida yangi bir sohani sinab ko‘rishga qaror qilganlar;
✅ o‘zgalar mendan aqlliroq, tezroq va muvaffaqiyatliroq deb doim o‘ylab yuradiganlar uchun.

Har birimizning o‘z tariximiz bor. Agar chin dildan xohlasangiz, bu sohada barchaga joy topiladi!

Bu yerda biz nafaqat o‘qish, karyera va texnologiyalarni muhokama qilamiz. EC21 xatolar, katta maqsadlar, hazillar va «Demak, men yolg‘iz emas ekanman-ku» degan xayolga chorlaydigan samimiy suhbatlar uchun makon bo‘lishini istaymiz.

Xo‘sh, tanishamizmi? Izohlarda o‘zingiz haqingizda so‘zlab bering:
✅ ismingiz;
✅ nima bilan shug‘ullanasiz, nimalarni o‘rganyapsiz;
✅ EC21’dan eng ko‘p nimani topishni istaysiz.

Instagram // LinkedIn
  • ❤ 2
  • 🔥 1
  • 👏 1
More from @elle_coders_21
  1. Sep 23, 2026Post #80
  2. Sep 18, 2026Post #79
  3. Sep 16, 2026Elle Coders 21 ждёт тебя в гости! Официальный запуск женского IT-сообщества состоится 20 с…
  4. Sep 16, 2026Elle Coders 21 barchangizni mehmonga kutmoqda! School 21 ayollar IT-hamjamiyatining rasmiy…
  5. Sep 15, 2026Elle Coders 21 pinned a photo
  6. Sep 15, 2026Elle Coders 21 pinned a photo
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →