«Yil o'qituvchisi» tanlovi g'oliblariga pul mukofotlari o'tkazila boshlandi.
Tanlovda g'olib bo'lgan 208 nafar pedagogning har biri 616 mln so'mdan oladi. Ular har bir tuman va shahardan bittadan g'olib sifatida aniqlangan.
Tanlovda jami 46 mingdan ortiq o'qituvchi ishtirok etgan.
Mukofot miqdori 1 400 BHM, ya'ni amaldagi BHM hisobida 616 mln so'mni tashkil etadi.
✅ @ekspres • @sales_chat