⚠️Session antifrod bank operatsiyalarini xavf darajasi bo‘yicha tahlil qiladi. Yuqori xavfli deb baholangan operatsiyalar cheklanib, shubhali operatsiyalar orqali mablag‘lar chiqib ketishi xavfi kamaytiriladi.❗️
😀 1-jadvalda (Session antifrod): Cheklangan operatsiyalardagi mablag‘lar miqdori va holatlar soni bo‘yicha TOP-10 bank ko‘rsatilgan (Xalq banki — 186,7 mlrd so‘m, TBC bank — 175,5 mlrd so‘m, Uzum bank — 68,1 mlrd so‘m bilan yetakchi).
▶️Shuningdek, bank mobil ilovalarida zararli .apk fayllar va dasturlarni aniqlovchi antivirus tizimlari ishlaydi.🛡
😀 2-jadvalda (Antivirus tizimi):
▪️ Zararli dastur aniqlangani sababli cheklangan qurilmalar;
▪️ Zararli dasturlardan tozalangan qurilmalar soni bo‘yicha TOP-10 bank keltirilgan (Ipak Yo‘li banki eng ko‘p cheklov va tozalash amaliyotini qayd etgan).🔍
📌 Ushbu tizimlar firibgarlik xavfini erta aniqlash, shubhali operatsiyalarni o‘z vaqtida cheklash va mijozlar mablag‘larini himoya qilishga xizmat qiladi.
💬Siz hisob raqamingizdagi mablag‘lar xavfsizligi bo‘yicha qaysi bank tizimiga eng ko‘p ishonasiz? Fikringizni qoldiring! 😀
✅ @ekspres • @sales_chat
