🔗Markaziy bank, tijorat banklari, to‘lov tashkilotlari va to‘lov tizimi operatorlari o‘rtasida InfoCards axborot almashinuvi tizimi joriy etildi.
🔝Endilikda bank kartasi bloklangan taqdirda:
▪️qaysi huquqni muhofaza qiluvchi organ tomonidan;
▪️ qachon;
▪️ qanday sababga ko‘ra
bloklanganini tezkor aniqlash mumkin bo‘ladi.
📌 Buning uchun fuqaroga alohida Markaziy bankka murojaat qilish shart emas. Karta egasi o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bankka murojaat qilishi kifoya.
🌐Bank InfoCards tizimi orqali tegishli ma’lumotlarni aniqlab, karta nima sababdan bloklangani bo‘yicha tushuntirish beradi.
✔️ Yangi tizim murojaatlarni ko‘rib chiqishni soddalashtirish, ortiqcha ovoragarchilikni kamaytirish hamda bank xizmatlarida tezkorlik va shaffoflikni oshirishga xizmat qiladi.
😀 Sizda ham avval kartangiz sababsiz yoki kutilmaganda bloklanib qolish holatlari bo‘lganmi? Muammoni qanchada hal qilgansiz? Fikringizni qoldiring! ⬇️
✅ @ekspres • @sales_chat