@m1stervlad bizga kubok egasi uni bunday narxda sotmaganini ma’lum qildi — u scam qilingan (aldangan).
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, firibgar olimpiada g‘olibining akkauntiga kirish huquqini qo‘lga kiritgan. Uning akkauntidan kubokni MRKTga yuborgan va keyin oldindan tayyorlab qo‘yilgan 1,67 GRAMlik taklifini o‘zi qabul qilgan.
ℹ️ Ehtimol, eski firibgarlik usullaridan biri qo‘llangan: qandaydir bahona bilan jabrlanuvchiga qo‘ng‘iroq qilish va ekran namoyishini yoqish taklif qilingan. Keyin unga akkauntga kirish uchun kod yuborilgan va firibgar shu orqali akkauntga kirgan.
Akkaunt egasida ikki bosqichli himoya (2FA) yoqilmagan edi, shuning uchun firibgar akkaunt ustidan to‘liq nazoratga ega bo‘lgan.
✅ @ekspres • @sales_chat
