TGViewer
SALES NEWS SALES NEWS @ekspres · 54.4K subscribers
Post #5449 5.75K
🌐 O‘ZBEKISTONDA QANCHA MOBIL INTERNET ABONENTI BORLIGI MA'LUM BOʻLDI.

📊 2026-yil 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda mobil aloqa orqali internet tarmog‘iga ulangan abonentlar soni 33,3 millionga yetdi. So‘nggi 10 yilda bu ko‘rsatkich 25,5 millionga yoki 4,3 barobarga oshgan.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda mobil internet abonentlari soni yildan-yilga o‘sib bormoqda. Qo‘mita rasmiy statistikasida mobil aloqa orqali internetga ulangan abonentlar soni alohida ko‘rsatkich sifatida yuritiladi.

Xususan, 2015-yilda mamlakatda mobil internet abonentlari soni 7,8 millionni tashkil etgan bo‘lsa, 2016-yilda 9 millionga, 2017-yilda 10,3 millionga yetgan.

2018-yilda ko‘rsatkich 12,7 million, 2019-yilda 15,7 million, 2020-yilda esa 17,9 millionni tashkil etgan.

Keyingi yillarda ham o‘sish davom etib, mobil internet abonentlari soni 2021-yilda 21 million, 2022-yilda 24 million va 2023-yilda 27,1 millionga yetgan.

2024-yilda ular soni 29,2 millionni tashkil etgan bo‘lsa, 2025-yil yakuniga kelib 33,3 millionga yetgan.


🌟 Shu tariqa, o‘n yil davomida O‘zbekistonda mobil aloqa orqali internetdan foydalanuvchi abonentlar soni 25,5 millionga ko‘payib, 2015-yilga nisbatan 4,3 barobar oshgan.

✅ @ekspres • @sales_chat
More from @ekspres
  1. Oct 6, 2026🐸 @kallen 11 ta Plush Pepe sotdi So'nggi bir soat ichida Plush Pepe'ning eng yirik holder…
  2. Oct 6, 2026🤩MrBeast Toshkentga keladi Dunyodagi eng mashhur YouTube blogerlaridan biri MrBeast (Jimm…
  3. Oct 6, 2026🏆 Top 50 gifts heatmap Price Change · GRAM · 24h 1. 🎁 Intelligence Cup 📉 -13.58% 💎 144…
  4. Oct 6, 2026🚀 Ilon Mask yana trillionerga aylandi: Insoniyat tarixidagi eng ulkan boylik! 💥Amerikali…
  5. Oct 5, 2026Post #5780
  6. Oct 5, 2026⭐️ LAMPS - KIMDIR YAXSHILASHTIRADIMI? 🎁 Lamps uchun yangilanish etilganidan beri 4 kundan…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →