🇺🇿 IOI 2026 bugun Toshkentda boshlandi. Musobaqa 9–16 avgust kunlari O‘zbekistonda o‘tkazilmoqda.
ioi2026.uz
🏆 IOI — maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi eng nufuzli dasturlash musobaqalaridan biri. Bu yil 97 davlatdan 386 nafar o‘quvchi ro‘yxatdan o‘tgan.
Telegram esa 235 nafar g‘olibga maxsus raqamli kolleksiya — Algorithm Cups — berishini aytmoqda. Umumiy qiymati kamida $117 000.
🕌 Shuningdek, Telegram O‘zbekistonni Al-Xorazmiy vatani sifatida tilga olib, “algorithm” so‘zi uning nomidan kelib chiqqanini ta’kidlagan.
“Dunyodagi eng kuchli yosh dasturchilar Toshkentda yig‘ildi. Eng yaxshi algoritm g‘alaba qilsin!” 😄🇺🇿
@ekspres • @sales_chat
Post #5426
11.2K
