📌Hozir hamma Telegram orqali yoki birjalarda P2P (odamdan odamga) usulida dollar (USDT) sotishni yoki sotib olishni boshlagan. Ammo bu yerda oddiy odamlarning hayotini barbod qilayotgan daxshatli firibgarlik trendi bor. Buni yaqinlaringizga srazu yuborib ogohlantiring!💭
➡️ Siz oʻz USDT’ingizni Telegram chatingizda yoki P2P platformasida sotyapsiz. Kimdir sizga yozadi: "Aka, mana plastik kartangizga pulni tashladim, menga kriptoni bering". Sizga kartangizga pul keladi (masalan, 1 million soʻm). Siz xursand boʻlib kriptoni unga yuborasiz.🖥
🚫 Oradan 2 kun oʻtib, sizning plastik kartangizni ichki ishlar organlari jinoiy pullar yuvilishi boʻyicha muzlatib (bloklab) qoʻyadi va sizni soʻroqqa chaqirishadi.🔍
💱 Sizga pul tashlagan odam firibgar boʻlgan. U boshqa bir sodda odamni (masalan, "Olx"da arzon narsa sotaman deb) aldab, pulini toʻgʻridan-toʻgʻri sizning kartangizga tashlattirgan. Firibgar oʻrtada turib soxta pul evaziga sizdan toza kriptoni olib qochgan. Siz esa jabrlanuvchining koʻziga firibgar boʻlib koʻrinasiz!💥⚠️
‼️ Oltin qoida: Hech qachon P2P savdo qilayotganda pul tashlagan odamning ismi-familiyasi bilan kripto hamyondagi ismi bir xil ekanligiga ishonch hosil qilmasdan turib savdoni tasdiqlamang! Gruppalarga tarqating, hamma bilsin!💬
✅ @ekspres • @Sales_chat
